Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ro‘ziqul Berdiyev: "Chempionlik uchun imkonimiz yuqori"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Chempionlik uchun imkonimiz yuqori"

Baho:
+ | -

Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Olimpik" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Uchrashuvni hujumkor boshladik, ammo taym o‘rtalarida pasayish kuzatildi. Buni mehmonlarning to‘pni yaxshi nazorat qilgani bilan bog‘lasa bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdik va bu g‘alabamiz omili bo‘ldi. Asosiy e’tiborni standart vaziyatlarga qaratgan edik. Bo‘ydor futbolchilarimiz bo‘lishiga qaramay, kutilgan natijani keltirmadi.

Bozorov "Al-Ayn" bilan birinchi o‘yinda jarohat olgan edi va jarrohlik stoliga yotdi. O‘ylaymanki, ikki haftada u safga qaytadi. Kenjaboyevga esa shifokorlar bir oy mashg‘ulotlarda qatnashmasligi kerakligini ta’kidlashgan. Nasrullayev ham jamoamizga yordam bera olmayapti. Imkoniyatdan kelib chiqib, bor futbolchilardan foydalanishga harakat qilyapmiz.

Da Silvani bugun boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmoqchi edik, biroq ob-havo sababli bahs kurashlarga boy o‘tishini inobatga olib, uni zaxirada qoldirdik. U vaziyatlarni o‘zi yarata oladi.

Chempion bo‘lishga imkonimiz bor, tarkibimiz yaxshi. Ammo mehnat qilinmasa, maqsadga erishilmaydi. Bu bizga bosim yuklashi mumkin. O‘ylaymanki, jamoam bunga ruhan tayyor. Chempionlari ligasi bahslari shuni ko‘rsatdiki, potensialimiz ancha yuqori. Bozorov, Kenjaboyev va Nasrullayev o‘sha bahslarda bizga yetishmadi.

Vaziyatni bir o‘zi hal qiladigan futbolchimiz yo‘q. Bizda bunga imkoniyat yo‘q. Shu sababli jamoaviy o‘yinga e’tibor qaratishimiz lozim. Hamrobekov va Sayfiyevga taklif bilan chiqqan edik, ammo ularni o‘z safimizga qo‘sha olmadik", - dedi Berdiyev.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 01:09, 02.03.2024.
O'qildi: 2043 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.