Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga. «Lokomotiv» – «Metallurg»: Prevyu

Superliga. «Lokomotiv» – «Metallurg»: Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston XXXIII milliy chempionatini “Metallurg” Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Temiryo‘lchilar mamlakatimizning eng nomdor klublaridan biri sanaladi: uch marta mamlakat chempioni, uch marta O‘zbekiston kubogi sohibi va bir necha karra chempionat sovrindori bo‘lgan. Bundan tashqari Superkubok bahslarida ham ikki marta muvaffaqiyatga erishgan.

Mazkur jamoalari bugunga qadar kuchlilar safida o‘zaro 38  o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 6 tasida “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. 12 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. 20 o‘yinda esa temiryo‘lchilar zafar quchishgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 36:64, toshkentliklar foydasiga.

Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvlarida “Lokomotiv” katta ustunlikka ega. 19 ta uchrashuvning 12 tasida temiryo‘lchilar zafar quchishgan. 5 ta bahsda kuchlar teng kelgan. 2 ta o‘yinda “Metallurg” muvaffaqiyatga erishgan.

Toshkentda o‘tkazilgan so‘nggi 6 ta uchrashuvda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

12.11.2022. Lokomotiv – Metallurg – 3:1
11.05.2021. Lokomotiv – Metallurg – 1:3
15.06.2020. Lokomotiv – Metallurg – 0:3
15.09.2019. Lokomotiv – Metallurg – 1:1
30.10.2018. Lokomotiv – Metallurg – 1:0
09.03.2018. Lokomotiv – Metallurg – 1:1

“Lokomotiv” haqida

"Temiryo‘lchilar" oliy liga bahslarida bugungacha 503 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 244 tasida g‘alaba qozonishgan. 106 o‘yinda durangga erishgan, 153 uchrashuvda esa imkoniyatni boy bergan. “Lokomotiv” raqiblari darvozasiga 795 ta gol urib, o‘z darvozasidan 581 ta to‘p olib chiqqan. Jamoaning milliy chempionatimizdagi eng yirik g‘alabasi – 7:0 (2015 – “So‘g‘diyona”, 2017 – “Obod”). Eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (2020 – “Paxtakor”).

“Lokomotiv” o‘tgan yili Pro ligada qatnashib, 1-o‘rinni egallagan holda Superligaga qaytdi.

“Metallurg” bir qator yubileylar bo‘sag‘asida

Superliganing bu yilgi bahslarida bekobodlik futbol ishqibozlari bir qator kichik yubileylar shohida bo‘lishlari kutilayapti. Jumladan, “Metallurg” 4-turda kuchlilar safidagi 750-uchrashuvini o‘tkazadi. Vesko Steshevich shogirdlari bu yilgi mavsumni sermahsul boshlashsa, “Metallurg”ning 900-goli yaqin turlar ichida kuzatiladi. Hozirgacha bekobodliklar raqiblar darvozasiga 895 ta gol urgan.

Bevosita “Metallurg”ning kuchlilar safidagi statistikasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgacha bekobodliklar 746 ta o‘yinda maydonga tushishgan: 248 ta g‘alaba, 156 ta durang, 344 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 895:1120.

“Metallurg”ning kuchlilar safidagi eng yirik g‘alabasi – 6:0 (2001 – “Semurg‘”, 2006 – “Xorazm”, 2016 – “Mash’al”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 0:7 (2003 – “Navbahor”, 2004 – “Nasaf”).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 07:45, 03.03.2024.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик