Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Kanisares: "Kurtua tiklansa dunyoda unga teng keladigan darvozabon topilmaydi"

Kanisares: "Kurtua tiklansa dunyoda unga teng keladigan darvozabon topilmaydi"

Baho:
+ | -2

Santyago Kanisaresning aytishicha, Tibo Kurtua dunyoning eng yaxshi darvozaboni.

- Kurtua qaytgach, Lunin yana soyada qoladi. Balki u boshqa jamoaga borishi kerakmi?

- Kurtua, shubhasiz, dunyoning eng yaxshi darvozaboni. U Madridning qahramoni va afsonasi, ayniqsa Chempionlar Ligasi finalida "Liverpul"ga qarshi o‘yindan keyin. U men ko‘rgan eng yaxshi darvozabon bo‘lishi mumkin. Biroq, u og‘ir jarohatdan qaytmoqda va uning uchun asosiysi to‘liq tiklanish, shunda u yana 100 foiz formada bo‘ladi.

Bu vaqt talab etadi, lekin hozircha Lunin xotirjam bo‘lishi kerak. Belgiyalik posbon to‘liq formada bo‘lsa, uning saviyasiga dunyoda hech kimning saviyasi tenglasha olmaydi, darvozani qo‘riqlash bo‘yicha ham unga teng keladigani bo‘lmaydi. Ayni damda Lunin bir qarorga kelishi kerak.

- Lunin sizni ajablantirdimi?

- Ha, biz ajoyib qobiliyat va yorqin xarakterga ega darvozabonni kashf qildik. Madridda darvozabon bo‘lish, ayniqsa, aqliy darajada ko‘p narsani talab qiladi va u buni ajoyib tarzda amalga oshiradi", - deydi "Valensiya" va "Real" sobiq darvozaboni Santyago Kanisares.

Kiritildi: 09:42, 03.03.2024.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик