"Barcelona" yarim himoyachisi Pedri Xavi Ernandesning ishi haqida o‘z fikrini aytdi.
"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi mavsum yakunlangach, o‘z lavozimini tark etmoqchi.
Pedri o‘z murabbiyi boshchiligidagi jamoaning muvaffaqiyatini yuqori baholadi. “Xavi murabbiy sifatida ham, “Barselona”ning afsonaviy futbolchisi sifatida ham namuna.
U murabbiy sifatidagi ikki yil davomida juda ko‘p o‘zgardi va uning qo‘l ostida biz La Ligada g‘olib chiqdik.
U menga katta yordam berdi, chunki u ham yarim himoyachi edi – hujumni qanday tashkil qilish borasida undan ko‘p maslahat oldim.
Xavi bilan ishlash menga katta foyda keltirdi", - deya Pedrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi ispan OAV.