Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior “Valensiya”ni yana xafa qildi.
Kechagi o‘yinning 30-daqiqasida “ko‘rshapalaklar” kutilmaganda 2:0 hisobida oldinda borishayotgandi, biroq tanaffusga qadar qulay ustunlikni saqlab qola olishmadi – Vinisius qo‘shib berilgan vaqtning beshinchi daqiqasidayoq hisobni tenglashtirib qo‘ydi.
Opta xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi La Ligada "Valensiya"ga qarshi o‘nta o‘yinda yettita gol urgan - bu Ispaniya chempionatidagi boshqa jamoalardan ko‘p natijani bildiradi.