Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga: Kimda qanday natija? Yohud statistikalar gapirganda...

Superliga: Kimda qanday natija? Yohud statistikalar gapirganda...

Baho:
+ | -

O‘zbekistonda 1 mart kuni katta futbol qaytdi. Chunki ushbu kundan boshlab Superliga 1-turiga start berildi. Shu sababli biz har turning yakunida barcha o‘yinlarda qayd etilgan statistikalarga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Dastlab ilk o‘yin “Navbahor” va “Dinamo” jamoalari o‘rtasidagi bahsga to‘xtalib o‘tsak:

Babayan jamoasi yangi mavsumda chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Chunki namanganliklar yangi mavsum oldidan ko‘plab iqtidorli va tajribali futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Shuning uchun jamoa ilk o‘yinda ham yirik hisobda g‘alaba qozondi (3:1).

Abramov esa Pro ligadan “Dinamo”ni yana Superligaga qaytardi va o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ydi. Klubda faoliyat olib borayotgan futbolchilarning ta’kidlashicha, samarqandliklar ushbu mavsumda yuqori o‘rinlarni olishni maqsad qilgan.

Endi o‘yinda yuz bergan voqealar va statistiklarga to‘xtalsak: Ushbu o‘yinda kutilganidek, “Navbahor” ustunlikka erishdi. Shu sababli namanganliklar to‘liq bahs davomida 65 foiz to‘pga egalik qilishdi. “Dinamo” esa ushbu o‘yinda nisbatan kam to‘pga egalik qilgan holda himoyaviy tarzda o‘ynab, 35 foiz to‘pga egalik qildi.

Endi darvoza tomon berilgan zarbalarga to‘xtalsak: butun o‘yin davomida “Navbahor” futbolchilari “Dinamo” darvozasi tomon 17 bor zarba berishdi. Biroq, ushbu zarbalarning 6tasi Yagudin qo‘riqlagan darvozaga aniq yetib bordi. Ko‘rinib turibdiki, namanganliklar ko‘p zarba berishgan bo‘lishsada, 17ta zarbaning 11tasi darvoza sohasiga aniq yetib bormagan.

“Dinamo” ushbu o‘yinda namanganliklar darvozasiga umumiy 3 bor zarba yo‘lladi. Lekin ushbu zarbalarning 2tasi O‘tkir Yusupovning darvozasiga bormadi. Biroq, yo‘llangan yagona aniq zarba Yusupovning darvozasida joy oldi.

Ushbu o‘yinda “Dinamo” darvozaboni yaxshi harakat qildi. Chunki, namanganliklar tomonidan darvozaga aniq yo‘llangan 6ta zarbaning 3tasini qaytardi. Shuningdek, qolgan uchta zarba golga aylangan bo‘lishiga qaramasdan ushbu gollarda darvozabonning aybi yo‘q edi.

O‘yinda ko‘proq himoyaga e’tibor bergan “Dinamo” futbolchilari ko‘plab qiyinchiliklarga uchradi. Shu sababli samarqandliklar umumiy 5ta sariq kartochka oldi. Bu kartochkalar “Dinamo”ga qolgan bahslarda xalaqit berishi mumkin. Shu sababli Abramov futbolchilarning tartibli harakat qilishlari uchun yana ish olib borishi zarur bo‘ladi.

“Navbahor” o‘yin davomida “Dinamo” darvozasi tomon umumiy 110ta hujum uyushtirdi. Shu sababli uyushtirilgan hujumlarning 67tasi samarqandliklar darvozasi oldida xavfni yuzaga keltirdi.

Lekin “Dinamo” hujum uyushtirishda muammoga duch keldi. Chunki, “Navbahor” “Paxtakor”dan Odil Hamrobekovni sotib olganligi bois namanganliklarning maydon markazidagi harakatlari ijobiy tomonga o‘zgardi.

“Dinamo” ushbu o‘yinda umumiy 67ta hujum uyushtirdi. Biroq, uyushtirilgan hujumlarning 37tasi xavfli bo‘ldi xolos. Lekin “Navbahor”ning himoyachilari ushbu hujumlarni qiyinchiliksiz bartaraf etdi.

Ko‘rib turganingdek, “Navbahor” o‘z uyida o‘tgan ilk turni ajoyib tarzda o‘tkazdi. Shu sababli jamoa muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Superliga, 1-tur. Nasaf – Olimpik 2:0

Endi navbat “Nasaf” va “Olimpik” jamoalari o‘rtasidagi bahsga. Ushbu o‘yinda “Nasaf” biroq ustunlikka erishdi. Chunki “Olimpik” ham yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganini namoyon qildi.

O‘yin davomida Berdiyev 56 foiz to‘pga egalik qilgan bo‘lsa, Kapadze shogirdlari 44 foiz to‘pni egallab turishdi. Lekin qarshiliklarda darvoza tomon zarba berish bo‘yicha yaxshi statistika qayd etishdi.

“Nasaf” futbolchilari o‘yin davomida 17 bor raqib darvozasi tomon zarba berdi. Ushbu zarbalarning 8tasi darvoza sohasi tomon aniq borgan bo‘lsa, 9tasi noaniq yo‘lladi.

“Olimpik” ushbu o‘yinda “Nasaf” darvozasi tomon zarba berishda muammoga duch keldi. Chunki qarshiliklarning himoyasi olimpiyachilarimizning zarba berishiga imkon qoldirmadi.

“Olimpik” butun o‘yin davomida “Nasaf” darvozasi tomon 2ta zarba berdi. Ushbu zarbalarning 1tasi noaniq tarzda yo‘llandi. Shu sababli olimpiyachilarimiz haqli tarzda mag‘lubiyatga uchrashdi (2:0).

Lekin “Olimpik”ning darvozaboni Abdunabiyev ajoyib harakat qildi. Chunki u “Nasaf” tomonidan yo‘llagan 8ta aniq zarbaning 6tasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu o‘yinda ham bosh hakam futbolchilarni ayab o‘tirmadi. “Nasaf” va “Olimpik” futbolchilar ikkita sariq kartochka va bitta qizil kartochka (“Olimpik”) bilan siylandi.

Qarshida bo‘lib o‘tadigan bahs, albatta “Nasaf”ning ustunligi bilan yakunlanishi aniq edi. Ushbu taxminlar o‘zini oqladi. Chunki, “Nasaf” ushbu o‘yinda umumiy 94ta hujum uyushtirdi. Shundan 59tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi. Biroq, “Olimpik” 75ta hujum uyushtirgan bo‘lishiga qaramasdan, 40tasi xavflilik tusini oldi xolos.

Super League.

Uchinchi o‘yin Toshkentda “Bunyodkor” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yin kutilmagan tarzda boshlandi. Chunki navoiyliklar birinchi bo‘limni o‘zidayoq 3ta gol urib, “qaldirg‘ochlar”ni shokka tushirib qo‘ydi.

O‘yinda “Bunyodkor” nisbatan ustunlikka erishib, 59 foiz to‘pga egalik qildi. Biroq, qarshi hujumga tayangan navoiyliklar o‘z maqsadlariga ajoyib tarzda erishdi.

“Qaldirg‘ochlar” ustunlikka erishib, darvoza tomon 10 bor zarba berishgan bo‘lsa, “Qizilqum” himoyaviy tarzda o‘ynab ham 10ta zarba berishga erishdi.

Qiziq tomoni “Bunyodkor” yo‘llagan 10ta zarbasidan to‘rttasigina darvoza sohasi tomon aniq bordi. Biroq, “Qizilqum” futbolchilari tomonidan yo‘llangan 10ta zarbaning 7tasi Lujubich qo‘riqlagan darvozaga aniq bordi. Bundan ko‘rinadiki, “Qizilqum” haqli tarzda ushbu o‘yinni o‘ziniki qilib olgan.

O‘yinda “Bunyodkor” 164ta hujum uyushtirdi. Uyushtirilgan hujumlarning 98tasi esa xavfli chiqdi. Lekin “qaldirg‘ochlar” yaratilgan xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.

“Qizilqum” himoyaviy tarzda o‘ynagan bo‘lishiga qaramasdan “Bunyodkor” darvozasi tomon 115ta hujum uyushtirishga ham muvaffaq bo‘ldi. Ushbu hujumlarning 73tasi esa xavfli tarzda tashkil qilindi.

Ma’lumot uchun, “Qizilqum” ilk bor “Bunyodkor” maydonida 3ta gol urishga erishdi.

Superliga, 1-tur. So'g'diyona – Neftchi 1:2

Ilk turning markaziy bahslaridan biri Jizzaxda “So‘g‘diyona” va “Neftchi” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda jizzaxliklar nisbatan ustunlik qilishdi. Biroq, “Neftchi” o‘ziga kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritishda qiynalmadi. Chunki, farg‘onaliklar yangi mavsum oldidan ko‘plab yaxshi transferlarni amalga oshirdi va chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi.

O‘yinda “So‘g‘diyona” 58 foiz , farg‘onaliklar esa 42 foiz to‘pga egalik qilishdi. Shu sababli jizzaxliklar nisbatan ko‘proq hujum qilib, ko‘proq zarba yo‘llashdi.

“So‘g‘diyona” futbolchilari o‘yinda davomida umumiy 14ta zarba berishga erishdi. Biroq, yo‘llangan zarbalarning teng yarim darvoza tomon aniq bordi. Qolgan 7 zarba esa noaniq yo‘llandi.

“Neftchi” esa o‘yin davomida 6 bor jizzaxliklar darvozasi tomon zarba beri. E’tiborli jihati farg‘onaliklar 6ta zarba berishgan bo‘lsa ham aniqlik borasida 90 foizdan ortiq natija qayd etishib, 5ta aniq zarba berdi. Ushbu beshta zarbaning ikkitasi esa golga aylandi.

O‘yinda “Neftchi”ning barcha futbolchilari yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, desa bo‘ladi. Lekin ajralib turgan futbolchi bu darvozabon Sanjar Quvvatov bo‘ldi. Quvvatov jizzaxliklar tomonidan aniq yo‘llangan 7 zarbaning 6tasini qaytarishga erishdi.

O‘yinda “Neftchi” tomonidan urilgan tezkor gol “So‘g‘diyona”ni uyg‘onishga majbur qildi. Shu sababli jizzaliklar umumiy 89ta hujum uyushtirishga majbur bo‘lishdi. Shundan 52tasi xavfli bo‘ldi. Farg‘onaliklar esa o‘yin davomida 73ta hujum uyushtirishdi. Biroq, uyushtirilgan hujumlarning 40tasida xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi xolos.

Superliganing ilk turida birgina bahsda gol urilmadi. Bu o‘yinda Olmaliqda OKMK va “Andijon” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda olmaliqliklar ancha ustunlikka erishib, 64 foiz to‘pga egalik qildi va andijonliklar darvozasi tomon 10 bor zarba berdi. Lekin o‘yinda Qosimov shogirdlariga nisbatan aniqlik yetishmadi. Chunki yo‘llangan zarbalarning to‘rttasigina darvoza tomon aniq bordi.

Lekin “Andijon” zarba berishda OKMKdan qolishmadi va olmaliqliklar darvozasi tomon 8ta zarba berdi. Biroq, “Andijon” futbolchilariga ham aniqlik yetishmadi. Shu sababli jamoalar nursiz tarzda durang qayd etishdi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Mirjalol Qosimov jamoasi ustunlikka erishib, 80ta hujum uyushtirishga erishdi. Lekin uyushtirilgan hujumlarning 39tasidan xavflilik darajasi yuqori bo‘ldi xolos. “Andijon” esa o‘yin davomida 65 bor raqib darvozasi tomon hujum uyushtirdi. Ammo uyushtirilgan hujumlardan 30tasi xavfli bo‘ldi.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu o‘yinda jamoalar nisbatan yorqin o‘yin ko‘rsatishmadi. Shu sababli o‘yinda gol kiritilmadi.

Gollarga boy bo‘lgan yana bir o‘yin Toshkentda Superligaga qaytgan “Lokomotiv” va “Metallurg” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda jamoalar ikkitadan gol urishdi va murosa ko‘chasini tanlashdi.

Lekin o‘yinda bekobodliklar ustunlik qilishib, 60 foiz to‘pga egalik qilishdi. Shu sababli “Metallurg” futbolchilari “Loko” darvozasi tomon 9ta zarba berdi. Lekin yo‘llangan zarbalarning 2tasi darvoza tomon aniq bordi va golga aylandi.

“Lokomotiv” ushbu o‘yinda 40 foiz to‘pga egalik qildi va “Metallurg” darvozasi tomon 3ta zarba berdi. “Lokomotiv” nisbatan to‘pga kam egalik qilgan bo‘lsa ham yo‘llangan 3ta zarbaning 2tasini golga aylantira oldi.

E’tiborli jihati ushbu o‘yinda “Lokomotiv”ning birinchi goli jarima zarbasidan ajoyib tarzda urildi. Ushbu gol katta ehtimol bilan Superliga birinchi turining eng chiroyli goli sifatida e’tirof etiladi.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, “Metallurg” o‘yinda ustunlikka erishdi va raqib darvozasi tomon 97ta hujum uyushtirdi. Uyushtirilgan hujumlarning 65tasi xavfli tarzda tashkil qilindi. “Lokomotiv” esa 88 marotaba Bekobodliklar darvozasi tomon yurish qildi. Lekin uyushtirilgan hujumlarning 53tasi xavfli tarzda tashkil qilindi xolos.

Superliga. “Paxtakor” “Surxon”ni yirik hisobda mag'lub etdi — Daryo  Yangiliklari

Ilk turning so‘ngi o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda “Surxon” jamoasi “Paxtakor” bilan bahs olib bordi. “Paxtakor” stadioni bo‘lib o‘tgan o‘yinda nominal mezbon “Surxon” jamoasi edi (“Surxon” ushbu mavsumda ham “Paxtakor” stadionida ijara asosida harakat qilmoqda).

O‘yinda “Surxon” “Paxtakor”ga qaraganda ko‘proq to‘pga egalik qildi. Ya’ni surxondaryoliklar o‘yin davomida 54 foiz to‘p nazoratini o‘zida saqlab turdi. Biroq, “sherlar” “Surxon jamoasiga javobsiz 3ta gol urib, ilk turdan keyin peshqadamga aylanib oldi.

“Surxon” jamoasi to‘pga ko‘proq egalik egalik qilgan bo‘lsa ham “Paxtakor”dan kamroq darvoza tomon zarba berdi. Surxondaryoliklar “sherlar darvozasi tomon 8ta zarba bergan bo‘lsa, “Paxtakor” 14 bor raqibi tomon zarba berdi.

“Surxon” umumiy bergan zarbasidan 4tasi darvoza tomon aniq borgan bo‘lsa, “Paxtakor” 5 bor raqib darvozasi tomon aniq zarba berdi. Shuningdek, ikki jamoaning ham darvozaboni yaxshi harakat qildi. “Surxon” darvozaboni Leonev ikkita seyf qilgan bo‘lsa, Pavlochenko 4ta zarbani qaytardi.

“Surxon” ko‘proq to‘pga egalik qilgan bo‘lishiga qaramasdan “Paxtakor”dan kamroq hujum uyushtirdi (76). surxondaryoliklar uyushtirgan hujumlarning 42tasi xavfli chiqqan bo‘lsa, “Paxtakor”da 84 ta hujumdan 53tasini xavfli tarzda tashkillashtirdi.

Ko‘rib turganingizdek, statistikalar o‘yinlarga mos bo‘lganini aytib turibdi. Birinchi o‘yin “Navbahor” va “Dinamo” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va namanganliklar haqli tarzda katta ustunlikka erishib, g‘alaba qozondi. Lekin Abramov jamoasi ham keyingi o‘yinlarda yaxshi harakat qilishi mumkin. Chunki mavsum endigina boshlandi. Biroq, Babayan jamoasi esa ushbu o‘yinda oldin OCHL doirasida “Al Ittihod”ga qarshi ajoyib ikkita o‘yinni o‘tkazgan edi.

Ikkinchi bahsda “Nasaf” ham “Olimpik”ni haqli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi. Chunki Berdiyev yangi mavsum oldidan legioner futbolchilar va sobiq “Nasaf” futbolchilarni jamoasiga qaytardi. Shu sababli qarshiliklar Superligada eng qimmat tarkibga ega ham bo‘ldi. Bu orqali “Nasaf” chempionlik uchun “Navbahor” bilan asosiy da’vogar hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi tur bahslari 8, 9, 10, 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Juftliklar bilan tanishing:

8 mart:

“Metallurg” — “So‘g‘diyona”

“Paxtakor” — “Nasaf”

9 mart:

“Olimpik” — “Lokomotiv”

“Navbahor” — OKMK

10 mart:

“Andijon” — “Bunyodkor”

“Dinamo” — “Neftchi”

11 mart:

“Qizilqum” — “Surxon” 

Manba: std.uz
Kiritildi: 21:09, 04.03.2024.
O'qildi: 1594 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.