Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov maktabi ochildi

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov maktabi ochildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 5 mart kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Bahodir Jalolov ixtisoslashtirilgan boks sport maktabini borib ko‘rdi.

Olimpiada va Osiyo o‘yinlari g‘olibi, ikki karra jahon va uch karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov O‘zbekiston sportining bayroqdori hisoblanadi. U keyingi yillarda professional boksda ham muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

Yurtimizda bunday chempionlar faoliyatini targ‘ib qilish, ularning namunasida yosh sportchilarni tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 14 martdagi qaroriga muvofiq, shunday yana bir maskan – Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etildi.

Bu yerda xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash, buning uchun yuqori malakali murabbiy va mutaxassislarni jalb etish, o‘quv-mashg‘ulotlarni xalqaro standartlar darajasida tashkil qilish hamda ilg‘or tajribalar asosida uning sifatini oshirib borish yo‘lga qo‘yilmoqda.

To‘rt qavatli zamonaviy binoda buning uchun barcha sharoit yaratilgan. Birinchi qavatda asosiy sport zali, suzish havzasi, tibbiyot xonasi va oshxona bor. Ikkinchi qavatda psixologiya, xorijiy tillar, nazariy mashg‘ulotlar, informatika va o‘qituvchilar xonalari, shuningdek, 45 o‘rinli mehmonxona joylashgan. Uchinchi va to‘rtinchi qavatlarda 235 o‘rinli yotoqxona, ma’naviyat xonasi tashkil etilgan. Shuningdek, bino yerto‘lasida avtoturargoh qurilgan.

Boks maktabi 175 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5-11-sinflarga har yili 25 nafardan o‘quvchi saralab olinadi. Ilk iqtidorlar 2022 yilgi o‘quv yilida qabul qilingan va bugungi kunda 50 nafar o‘quvchi saboq olmoqda. Ular butun mamlakatimizdan kelgan talabgorlar orasidan saralab olingan.

Bahodir Jalolov maktabi o‘quvchilari 2023 yilda xalqaro va respublika musobaqalarida 26 ta oltin, 18 ta kumush, 15 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan. Bu yil ham qator turnirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

Maktab butun mamlakatimiz yosh bokschilari uchun o‘quv-mashg‘ulot bazasi bo‘ladi. Yosh istiqbolli bokschilarni tanlash va tarbiyalash bo‘yicha boshqa sport maktablari va markazlari bilan hamkorlik qilib boradi.

Shu bois maktabda yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot bo‘ldi. Muloqotga videoaloqa orqali hududlar ham ulandi.

– Biz bu yilni Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qildik. Har doim ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib, yoshlarga kerakli sharoitlarni yaratayapmiz. Ularning salohiyati, intilishi kuchli. Boks bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatoridamiz. Bu salohiyatni, iqtidorli yoshlarimizni rivojlantirish maqsadida shu maktabni tashkil etdik. Endi Bahodir Jalolov maktabi o‘z yo‘nalishida  xuddi Prezident maktabidek namunaviy tizim bo‘ladi. Boks metodologiyasi, diyetologiyasi, tibbiyoti, psixologiyasi hududlardagi sport maktablarida ham rivojlantiriladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Viloyat hokimlariga sport federasiyalari bilan hamkorlikni yaxshilash, hududlarda ularning ishiga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Yoshlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, xususan, ularni boksga jalb etish, buning uchun maktab va to‘garaklarda sharoitlarni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: president.uz
Kiritildi: 14:53, 06.03.2024.
O'qildi: 1313 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.