Erling Xoland ketma-ket uchinchi o‘yinda gol urdi.
"Manchester Siti" hujumchisi Chempionlar ligasi doirasida "Kopengagen" bilan o‘yinda birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada gol urdi.
Oxirgi uchta o‘yinda norvegiyalik futbolchi 7 ta gol urdi, shundan 5 tasini Angliya kubogida "Luton"ga qarshi o‘yinda.
Umuman olganda, Xoland joriy mavsumda “Manchester Siti” safida 32 ta o‘yinda 29 ta gol urdi.