Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bernardu Silva oldida ikki grand klubdan takliflar bor

Bernardu Silva oldida ikki grand klubdan takliflar bor

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva klubini almashtirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. «Shaharliklar» sardori joriy mavsum yakunidan so‘ng erkin agentga aylanadi — muddati tugayotgan shartnoma uzaytirilmaydi.

Hozirgi vaqtda 31 yoshli futbolchiga «Yuventus», «Barselona», «Benfika» va «Galatasaroy» klublari qiziqish bildirmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, xavbekning o‘zi Turin yoki Kataloniyaga ko‘chib o‘tish variantlarini afzal ko‘rmoqda. «Barselona»ning portugaliyalik futbolchiga bo‘lgan qiziqishi anchadan beri ma’lum bo‘lsa, «Yuventus» yaqin orada bu borada jiddiy da’vogarga aylandi.

Manbaning ta’kidlashicha, «keksa sinyora» vakillari Silvaning agenti Jorje Mendesh bilan doimiy aloqada bo‘lib turishibdi.

Kiritildi: 10:04, 24.04.2026.
O'qildi: 2221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик