Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Paxtakor» hamda «Nasaf» o‘rtasidagi Toshkentda o‘tgan so‘nggi 5 Superliga bahsini kimlar boshqargan?

«Paxtakor» hamda «Nasaf» o‘rtasidagi Toshkentda o‘tgan so‘nggi 5 Superliga bahsini kimlar boshqargan?

Baho:
+ | -

2019 yilgi Superliga 3-turi doirasida o‘tkazilgan «Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvini Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar boshqargan. Qanotlarda unga Timur Gaynullin hamda Rasul Fozilov yordam bergan bo‘lsa, zaxira hakami vazifasini Rahimbek Karimov bajargan. Uchrashuvda Asimov cho‘ntagidan 4 bor sariq kartochka chiqargan.

2020 yil Superliga 11-turida bo‘lib o‘tgan «Paxtakor» – «Nasaf» bahsida Ahrol Risqullayev bosh hakam bo‘lgan. Yordamchi hakamlar: Husniddin Shodmonov, Ruslan Serazitdinov. Zaxira hakami: To‘rabek Suyunov. Risqullayev o‘yin davomida 2 marta sariq kartochka ko‘rsatgan va xuddi shuncha penalti belgilagan.

2021 yilda jamoalar Toshkentda Superliga 14-turida to‘qnash kelgan. Bahsni Rahimbek Karimov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borgan. Yordamchi hakamlar: Timur Galeev, Aleksandr Sidorov. Zaxira hakami: Husan Muzaffarov. Bundan tashqari, Ahrol Risqullayev (VAR) hamda Alisher Usmonov (AVAR) ham uchrashuvda ishtirok etgan. Hakam o‘yin davomida 2 futbolchini ogohlantirgan.

2022 yil Superliga 20-turida o‘tkazilgan «Paxtakor» – «Nasaf» uchrashuvini Temur To‘xtasinov boshqargan. Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov. Zaxira hakami: Akmal Rahimov. Shuningdek, VARda Ilgiz Tantashev, AVAR hakami esa Baxtiyorxo‘ja Shavkatov bo‘lgan. Bosh hakam o‘yinda 4 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

2023 yil Superligada chempionlik masalasi o‘rtaga qo‘yilgan «Paxtakor» – «Nasaf» bahsi 24-turda bo‘lib o‘tgan. Bahsni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar boshqargan. Yordamchi hakamlar: Timur Gaynullin, Andrey Tsapenko. Zaxira hakami: Rustam Choriyev. VAR: Rustam Lutfullin, AVAR: Rishat Nugmanov. Tantashev o‘yinda 5 ta futbolchini ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, Superliga-2024 2-turi doirasidagi bugungi «Paxtakor» – «Nasaf» bahsini Akobirxo‘ja Shukurullayev boshqaradi.

Manba: https://t.me/uzfhm
Kiritildi: 11:33, 08.03.2024.
O'qildi: 1053 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик