Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Mavsum o‘yini oldidan: Nunyes yoki Xoland qay biri ustun?

Mavsum o‘yini oldidan: Nunyes yoki Xoland qay biri ustun?

Baho:
+ | -

Yakshanba kuni "Enfild"da bizni APLda mavsumning eng markaziy o‘yinlaridan biri kutib turibdi – "Manchester Siti" safarda "Liverpul"ga qarshi maydonga tushadi. Har ikki jamoa uchun muhim bo‘lgan ushbu jang oldidan SportBible nashri har ikki jamoaning ikki yetakchi hujumchisi - Erling Xoland va Darvin Nunyesning statistik ko‘rsatkichlarini solishtirdi.

Ikkalasi ham 2022 yilning yozida Premyer-ligani zabt etish uchun kelgan va ikkalasi uchun ham juda katta pul sarflangan. Norvegiyalik futbolchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 52 ta gol urdi va treblga erishdi, urugvaylik esa bor-yo‘g‘i 15 ta gol urdi. Nunyes uchun ikkinchi mavsum ancha muvaffaqiyatliroq o‘tmoqda, chunki u o‘tgan yilgi statistik natijalarini allaqachon takrorladi va hali oldinda yana bir necha oy bor.

Ammo 2023/24 yilgi mavsumda qaysi forvard yaxshiroq? Javobni topish uchun biz Squawka'ning Opta taqqoslash statistikalariga murojaat qildik. Keling, buni ko‘rib chiqamiz.

Nunyes joriy mavsumda Xolanddan 3 ta ko‘proq o‘yin o‘tkazdi - "shaharliklar" hujumchisi oyog‘idagi jarohati sabab uzoq vaqtni maydon tashqarisida o‘tkazdi. Lekin u penaltidan tashqari gol va gollar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich, shuningdek, realizasiya (24,32% ga 14,49%) va zarbalar aniqligi (90 daqiqa ichida 58,11% ga 52,17%) bo‘yicha urugvaylik hamkasbidan yaxshiroq.

Norvegiyalik futbolchi yana to‘p uzatishlar aniqligi, havodagi kurashlarda muvaffaqiyat, shuningdek, ofsaydda qolish kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda.

Nunyes undan bor-yo‘g‘i besh ko‘rsatkich bo‘yicha oldinda, eng diqqatga sazovorlari - 90 daqiqadagi jami paslar, raqib jarima maydonchasi ichida to‘pga umumiy teginishlar va urilgan g‘alaba goli.

Erling Xoland ushbu mavsumda Premyer-ligada 18 ta gol urgan, bu Nunyesdan 8 taga ko‘p. Urugvaylik futbolchi, bir o‘yinda ajoyib harakat qilishi mumkin, ammo hozir unga barqarorlik yetishmayapti.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 21:23, 09.03.2024.
O'qildi: 1682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик