"Inter" A Seriyaning dastlabki 28 turida ochkolar yig‘ish bo‘yicha o‘zining rekordini deyarli takrorladi.
"Bolonya" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (1:0) Simone Indzagi shogirdlari 75 ochko bilan chempionat jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
A Seriya tarixida bor-yo‘g‘i bir marta jamoa mavsumning xuddi shunday davrida ko‘proq ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalgi rekord ham “neradzurrilar”ga tegishli – 2006/07 yilgi mavsumda “Inter” Roberto Manchini boshchiligida A Seriyaning dastlabki 28 turida 76 ochko to‘plagandi.