Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ivan Babulo: "Qizilqum"ga yutqazganimizdan keyin men aybdor edim, bugun faqat men emas, futbolchilar ham aybdor"

Ivan Babulo: "Qizilqum"ga yutqazganimizdan keyin men aybdor edim, bugun faqat men emas, futbolchilar ham aybdor"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Bunyodkor” (5:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ivan Bubalo qatnashdi va fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

-Avvalo, o‘yin haqida fikrlaringiz?

-5:1 hisobida yutqazganimizdan keyin nima deya olaman? Yomon o‘yin ko‘rsatdik. Agar maydonda 11 futbolchi o‘ynaganimizda u qadar yomon natija bo‘lmasdi. Birinchi golni o‘zimizni xatoimiz tufayli erta o‘tkazib yubordik. Lekin yomon o‘yin ko‘rsatmayotgandik. Bizda bitta imkoniyat bo‘ldi. Gol ura olmadik. Keyin muvozanatni tikladik. Futbolchimizga qizil kartochka ko‘rsatilgan vaziyatni ko‘rmay qoldim. Qizil kartochkadan keyin o‘yin boshqa tomonga o‘zgarib ketdi. Chetlatilishdan bir daqiqadan keyin standartdan gol o‘tkazdik. “Qizilqum”ga yutqazganimizdan keyin men aybdor edim. Bugun faqat men emas, futbolchilar ham aybdor. Standart vaziyatida kurashishmadi. Bugungi uchrashuvdan xulosa qilsak, faqat 17 yoshli Aziz xarakterini ko‘rsatdi va Amir To‘raqulov ham.

- Uchrashuvda himoyachilar qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Hozir hech nima ayta olmayman. Har bir tepilgan zarba gol bo‘ldi. Omadimiz kelmadi. Himoyachilarimiz juda yomon o‘ynashdi. Agar imkoni bo‘lganida hammasini o‘zgartirardim. Agar shunday natija bo‘lganida o‘yinni yosh o‘yinchilar bilan yutqazganimiz yaxshi edi. Chunki yoshi katta futbolchilardan ko‘ra yoshlarimiz yaxshiroq o‘ynashini ko‘rsatishdi.

- “Andijon” muxlislari va “Bobur Arena” haqida fikringiz?

- Atmosfera ajoyib bo‘ldi, rahmat. “Andijon”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Hammasi ajoyib.

- O‘yingacha statistikadan xabaringiz bormidi? “Bunyodkor” ilk bor “Andijon”ga yutqazdi.

- Ha, bilardim.

- “Bunyodkor” o‘yin tomonlama o‘rtamiyona jamoaga aylanib qolyapti. Bu byudjet bilan bog‘liqmi yoki…

- Byudjet haqida hech nima gapira olmayman. Bilaman,4-5 talikda emasdirmiz. Lekin yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan emasmiz. Bunga byudjetni aloqasi yo‘q" - Babulo.

Kiritildi: 19:27, 10.03.2024.
O'qildi: 1959 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик