Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi birinchi bo‘lib to‘liq tarkibda Parij—2024 yo‘llanmalarini naqd qildi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi birinchi bo‘lib to‘liq tarkibda Parij—2024 yo‘llanmalarini naqd qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida boks bo‘yicha 1-jahon lisenzion musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga 5 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida 113 mamlakatdan faqatgina O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari 5 tadan yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Mezbonlar 4 ta, Polsha jamoasi 3 ta lisenziyani naqd qilgan bo‘lsa, yana bir qator mamlakatlar 2 va 1 tadan (hatto, Kubada ham 1 ta) yo‘llanma bilan uyga qaytadigan bo‘ldi.

Umumiy hisobda Avstraliya boks bahslari uchun eng ko‘p yo‘llanma sohibi bo‘lib turibdi. “Yashil qit’a” vakillarining 12 nafar (6 erkak va 6 ayol) a’zosi Parij—2024 ishtirokchisiga aylangan. Biroq jamoa raqobat deyarli yo‘q bo‘lgan Okeaniya mintaqasi uchun tashkil etilgan musobaqada lisenziyalarga ega chiqqanini inobatga olish kerak. Qolgan yetakchi jamoalar hisobidagi yo‘llanmalar quyidagicha:

Braziliya – 10
O‘zbekiston – 9
Fransiya, Italiya – 8
Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy – 7

1-jahon lisenzion turniridagi muvaffaqiyatsizlik hozirda Kuba jamoasi inqirozni boshdan o‘tkazayotganini yana bir karra ko‘rsatdi. Naqd 41 ta Olimpiya o‘yinlari chempionlarini yetishtirib bergan ushbu jamoa hisobida Parij—2024 O‘yinlariga hozircha 4 ta lisenziya bor, xolos.

Qayd etish joiz, Italiyadagi turnirdan so‘ng erkaklar jamoasidagi yo‘llanmalar to‘liq bo‘ldi – 7 ta. Bu borada yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, hali hech bir jamoa erkaklar o‘rtasidagi barcha vazn toifalarida rejani to‘liq bajarmadi. Qizlar hisobida hozircha 2 ta yo‘llanma mavjud. 23-may – 3-iyun kunlari Tailandda o‘tadigan 2-jahon lisenzion turnirida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi qizlar ishtirok etadi.

Yakunda Xanchjou—2022 yozgi Osiyo o‘yinlari va Italiyadagi turnir orqali Parij—2024 lisenziyalarini naqd qilgan o‘zbekistonlik bokschilarni eslatib o‘tamiz:

-51 kg: Hasanboy Do‘stmatov
-57 kg: Abdumalik Halokov
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev
-71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev
-92 kg: Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina O‘ktamova

Kiritildi: 15:14, 12.03.2024.
O'qildi: 1686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик