Kirish Ro'yxatdan o'tish

««Yangiyer quruvchi»» jamoasi Liga qatnashchilari safidan chiqarildi

««Yangiyer quruvchi»» jamoasi Liga qatnashchilari safidan chiqarildi

Baho:
+ | -

2023 yilning 9 may kuni FIFA Assosiasiyaga maktub yo‘llab, «Yangiyer quruvchi» o‘zining sobiq futbolchisi Sekuba Diatta bilan o‘rtadagi nizoli vaziyatni 45 kun muddat ichida hal qilishi lozimligini bildirgandi. Biroq holat belgilangan muddatda bartaraf etilmagach, «Yangiyer quruvchi»’ga nisbatan ichki va xalqaro transferlarni amalga oshirish taqiqi belgilangandi.

Mazkur ish O‘FA tegishli qo‘mitasi tomonidan o‘tgan yilning 18 dekabr kuni qayta ko‘rildi. Qo‘shimcha ravishda qator mahalliy murabbiy va futbolchilar klub ustidan shikoyat qildi. Shuningdek, joriy yilning 10 yanvariga qadar «Yangiyer quruvchi» Assosiasiya tomonidan belgilangan talabni bajarish uchun hatto aloqaga chiqmadi.

Jamoa to‘liq tarqalib ketgan. Qarzdorliklar esa o‘z holicha qolgan. Proliga yo‘llanmasidan mahrum qilish sanksiyasi qo‘llanilganiga qaramay, holat ijobiy tomonga o‘zgarmadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga «Yangiyer quruvchi» jamoasini qatnashchilar safidan chiqarishga qaror qildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:56, 12.03.2024.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик