Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Zlatan Ibragimovich: «Hamma narsaning boshlanishi va oxiri bor...»

Zlatan Ibragimovich: «Hamma narsaning boshlanishi va oxiri bor...»

Baho:
+ | -

Ayni damda RedBird kompaniyasida maslahatchi bo‘lib ishlayotgan «Milan»ning sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Financial Times nashri tomonidan Londonda tashkillashtirilgan oltinchi «futbol sammiti biznesi - foyda olish yo‘li» sammitida nutq so‘zladi. Unda «Ibra» bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- Yangi ishingizga qanday kelib qoldingiz?

- Kardinale klubi xo‘jayini bilan faoliyatimni yakunlaganidan so‘ng uch oy o‘tgach uchrashdik, u mening uslubimga qoyil qolganini bilardim. Futbolchi bo‘lganimda u bilan yaqinroq tanishishga vaqtim yo‘q edi, lekin bu yerda biz boshqa masalalarni muhokama qila oldik. Va u men rad eta olmaydigan taklif bilan chiqdi.

- Qanday taklif?

- Kardinale menga eshiklarni ochdi - menga odatiy bo‘lmagan boshqa dunyoga kirish imkoniyatini berdi. Lekin men hayajondaman, menda ambisiyalar juda ko‘p. Men uchun bularning bari yangilik, noldan boshlashim kerak. Men ko‘p narsalarni o‘rganishim, yaxshilashim kerak, lekin ayni damda istak muhim va u menda ulkan. Bor e’tiborim «Milan»da. Muvaffaqiyat siri - mashaqqatli mehnat ekani aniq. Bizda katta ambisiyalar bor: Kardinalecha va italyancha qarash.

- «Milan»ning kelajagi haqida qanday fikr bildira olasiz?

Qiyin qarorlar qabul qilishimga to‘g‘ri keladi, men hech kimga do‘st bo‘la olmayman, jamoaning yaxshilanishi haqida o‘ylashim kerak. «Milan»ning kelajagiga ishonaman, chunki bizda hozir yosh jamoa bor va u o‘sib bormoqda.

- Ayni paytda Italiya «A» seriyasining darajasi qanday?

«A» seriya to‘xtab qoldi va ingliz futboli bilan tenglasha olmayapti. U bir necha yillardan beri APLdan ancha pastroq.

- «Milan»ning barchamiz o‘rganim qolganimiz «San-Siro»dan ketishi haqida nima deysiz?

- «San-Siro» - bu hikoya, lekin hamma narsaning boshlanishi va oxiri bor. Yangi loyiha ajoyib loyiha va u bizga kerak.

- Bugungi kunda futbolda agentlarning roli qanday?

- Futbolchilarning har doim agentlari bo‘ladi. Ular futbolni juda ko‘p soddalashtiradilar. Mening ajoyib agentim bor edi - Mino Rayola. U menga kim do‘st, kim dushman ekanligini tushunishni o‘rgatdi.

- So‘nggi paytlarda bosh mavzu asosan Saudiya ligasi bo‘lmoqda...

- Muayyan takliflar kelganda, ulardan voz kechish qiyin, ammo futbol hamma uchun mo‘ljallangan. Lekin bu Yevropa futboliga ta’sir qilmaydi. Umuman olganda esa bu hamma uchun yaxshi, chunki u futbol olamiga yangi pul olib keladi.

- Kelajakda o‘zingizni kim sifatida ko‘rasiz?

- Aniq aytish qiyin. Kardinale bilan ishlash meni keyingi bosqichga olib chiqadi. Men ko‘p narsalarni o‘rganishim va o‘sishim kerak. Chunki men oddiy narsalarni qilishni yoqtirmayman, mudom o‘zgarishni xohlayman. Eng asosiysi men yangiliklardan qo‘rqmayman.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 17:18, 13.03.2024.
O'qildi: 1137 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.