Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/03 01:00 Barselona 3-0 Osasuna
28/03 16:45 Qizilqum 1-3 OKMK
28/03 19:30 Navbahor 2-2 Andijon
28/03 20:00 Bunyodkor 3-1 Surxon
29/03 18:00 Real Sosyedad - Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf - Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya - Bolonya
29/03 19:00 Komo - Empoli
29/03 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol - Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor - Dinamo
29/03 22:00 Yuventus - Jenoa
29/03 22:30 Alaves - Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche - Roma
30/03 01:00 Real Madrid - Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya

«Neftchi» oldiga chempionlik vazifasi qo‘yildi

«Neftchi» oldiga chempionlik vazifasi qo‘yildi

Baho:
+ | -

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi 2024 yil futbol mavsumining dastlabki ikki uchrashuvini safarda o‘tkazdi. Farg‘onazda bo‘ladigan bellashuvlar 15-martdan boshlanadi. Shu kuni soat 18:30da jamoa Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qiladi.

Bugun "Islom Karimov" nomidagi san’at saroyida yangi mavsum oldidan "Neftchi" a’zolarini muxlislar va sport shinavandalari bilan tanishtiruv marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Tantanada viloyat hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov so‘z olib, "Neftchi" jamoasi yangi mavsumni safarda ishonchli g‘alabalar bilan boshlab, Farg‘onaga qimmatli ochkolar va quvonch bilan qaytganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Bu yil futbolchilarimiz oldiga faqat va faqat chempionlik uchun kurashish, bu sohada barcha mas’uliyat va mahoratlarni ishga solish, har bir uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlab, muxlislarni quvontirish vazifasi qo‘yilganligini aytib o‘tdi. Bu yo‘lda viloyat hokimligi va futbol assosiasiyasi jamoaga barcha sohada yetarli yordam va shart sharoit yaratib berishi, jamoani izchil qo‘llab-quvvatlab turishini ta’kidladi.

Shundan keyin so‘zga chiqqan jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko futbolchilar haqida muntazam ravishda g‘amho‘rlik va yordam ko‘rsatib kelayotganligi uchun viloyat rahbarlariga, shaxsan hokim X.H.Bozorovga cheksiz minnatdorchilik bildirib, shogirdlari yuksak ishonchni fidoyilik bilan oqlashga harakat qilajaklari, mavsumni chempionlik unvoni bilan yakunlashga butun kuch-quvvatlarini sarflayajaklarini aytib o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan jamoa sardori Mirzohid G‘ofurov bildirilayotgan ishonch va hurmat uchun rahbarlar va barcha muxlislarga futbolchilar nomidan chuqur minnatdorchilik izhor etib, qo‘yilgan vazifani sharaf bilan bajarish uchun futbol maydonlarida mas’uliyat va mahorat bilan harakat qilajaklarini bayon etdi.

Tadbirda jamoaga yangi qabul qilingan futbolchilarni tanishtiruv marosimi yig‘ilganlarning gulduros qarsaklari ostida juda tantanali ravishda o‘tkazildi. Hokim va bosh murabbiy Sanjar Quvvatov, Botirali Ergashev, Jasur Jaloliddinov, Boyan Siger, Effiong Nsungusi, Mixay Roman, Ketelin Karp, Javohir Qahramonov kabi yangi futbolchilarning har biriga ismi sharifi va raqami tushirilgan liboslarni tantanali ravishda topshirdilar. Yig‘ilganlarning qizg‘in olqishlari ostida V.Levchenko ismi sharifi yozilgan futbol libosini katta minnatdorchilik bilan Xayrullo Hayitbayevich Bozorovga ham topshirdi.

Tanishtiruv va taqdimot marosimining katta tantana va quvonch bilan yuksak saviyada o‘tkazilishida O‘zbekiston xalq xofizi Ilhom Ibrohimov, el sevgan xonanda Otabek Muhammadzohid, boshlovchi Hojiakbar Jabborovlarning munosib hissalari bor.

"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 19:21, 13.03.2024.
O'qildi: 1735 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz