Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Liga-1. «G‘o‘r» raqibdan zo‘r ta’qib

Liga-1. «G‘o‘r» raqibdan zo‘r ta’qib

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatida gegemon chempionning tasodifiy da’vogari paydo bo‘ldi.

Ha, ayni pallada turnir jadvalining 2-pog‘onasini 12 o‘yinli mag‘lubiyatsiz seriyani amalga oshirgan «Brest» band etgan. YECHL hududida borayotgan Erik Rua jamoasi «Monako»dan 2 ochkoga oldinda. To‘g‘ri, Liga 1da har yili qaysidir jamoa ko‘pchilik kutmagan natijaga erishishiga ko‘nikib qolganmiz. Mana, o‘tgan mavsum o‘zining shiddatli parvozi bilan YECHLda ishtirok etmoqda. Endi «Brest» hammani o‘ziga qaratmoqda.

Agar mavsum boshlanishi arafasida kimdir «Hatto tilga olishga ham arzimaydigan jamoa» nominasiyasini o‘ylab topganida, «Brest» nafaqat Liga 1, balki top-ligalar beshligining eng noshud jamoasi bo‘lardi. Darhaqiqat, hozir bu klubdagi ulkan siljishdan ta’sirchanroq taraqqiyotni topishning iloji yo‘q. Elitaga qaytgan bretonlar so‘nggi 4 mavsumda bor kuch-mahoratlarini Liga 2ga qaytmaslikka sarfladilar. Marraga 14-17-o‘rinlarda yetib kelishdi, bir marta 11-pog‘onaga ko‘tarilishdi. Boz ustiga, «Brest» shu paytgacha birorta sovrinni qo‘lga kirita olmagan, Liga 1da 8-o‘rindan (1987) ko‘tarila olgan emas.

Xullas, bu «mitti» jamoaning favoritlar guruhida yurishi hech kimning xayoliga ham kelgan emasdi. «Brest»ning byudjeti o‘ta kamtarin - 48 mln. yevro atrofida, tarkibi 79,3 mln. faqat «Gavr», «Klermon» va «Mets»ning tarkiblari sal arzonroq. Shunday tarkib va cheklangan imkoniyatlarga ega jamoa peshqadamni ta’qib etishni emas, birinchi navbatda elitadagi o‘rnini saqlab qolishni o‘ylashi kerak. Biroq ba’zan mo‘’jizalar ham ro‘y berib turadi.

«Brest»dagi muvaffaqiyatning bosh ijodkori - bosh murabbiy Erik Rua. Ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 56 yoshli mutaxassis jamoaga o‘tgan yil yanvarida kelgandi. U kelgan paytda jamoa so‘nggi o‘rinda edi, Rua uni marraga 6 pog‘onaga ko‘targan holda olib keldi. Endi u yetakchilar safida. «Qaroqchilar» Erik rahbarligida 44 uchrashuvda 20ta g‘alabaga erishdilar.

Futbolchi sifatida «Nissa», «Lion», «Marsel», Angliyada «Sanderlend» va Ispaniyada «Rayo Valyekano» klublarida talab darajasida to‘p surgan Erik murabbiy maqomida hozircha, o‘zini ko‘rsata olmagan. Sababi, tajribasi juda oz. Uni 2010 yilda ilk bor «Nissa»ga taklif etishdi. Bunga qadar Rua klub tizimidagi boshqa lavozimlarda ishlab kelgandi. U 17-o‘rindagi jamoani quyi ligaga tushib ketishdan qutqarib qoldi, keyin Fransiya Kubogining yarim finaliga olib chiqdi. Lekin natijadan qoniqmagan mutasaddilar 2017 noyabrida bosh murabbiylik, 2012 yilda sport direktori lavozimlaridan ozod etishdi. Shundan keyin «Brest»gacha hech qaysi jamoani boshqarmadi.

«Nissa»dan ketganimdan keyin lisenziyaga ega emasligim men uchun muammo bo‘ldi. O‘qish davri 3 yil. Murabbiylikka bevaqt kelganimdan afsuslandim. Biroq bu sohada masalani prezident yoki sport direktori hal qiladi», - degandi Erik kuyunib.

Nihoyat, 2016 yilda Rua Zidan va boshqa talabalar qatori kerakli hujjatga ega bo‘ldi. Keyin TVdagi ekspertlik vazifasini davom ettirdi, 2 yil «Lans»da sport direktori vazifasini bajardi, yarim yil «Uotford» tizimida ishladi. 2020 yilda Angliyani tark etgach, o‘zi uchun maqbul bo‘ladigan taklifni kutdi va nihoyat, «Brest»ni qabul qildi.

Rua novator yoki unikum maqomidagi mutaxassis emas, uning jamoasi o‘ta shiddatli o‘yinni namoyish etmaydi. Erik shunchaki, bor imkoniyatlardan samarali foydalanishga intiladi. «Qaroqchilar» ko‘pincha 4-3-3 yoki 4-2-3-1 taktik sxemasini qo‘llaydilar. Jamoa aniq krosslarn amalga oshirish bobida Liga 1da yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, sermahsullik bo‘yicha to‘rtinchi (34), gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha ikkinchi (18) natijani qayd etmoqda.

«Brest» tarkibida yulduzlar yo‘q - u Liga 1ning yulduz jamoasi. Klubning eng qimmat o‘yinchilari - 8 mln. yevroga baholanayotgan Lilian Brassye va jamoa sardori Brendan Shardonne (7 mln.). Shuningdek, Bredli Loko, Pyerr Lis-Melu, jamoaning eng yaxshi to‘purari va assistenti Romen del Kastilyolarning (5ta gol, 5ta assist) baholari ham 7 mln. yevro. 30 yoshli Lis-Melu - zarbalar soni (45) va raqib uzatmalarini ilib olish (37) bobida «Brest» yetakchisi, Liga 1da 3-o‘rinda. Kastilyo esa raqiblarni aldab o‘tish (60), jarima maydonchasiga uzatmalar yo‘llash (295) va to‘pni raqibdan olib qo‘yish (73) va yakkakurashlardagi ustunlik (56 foiz) bo‘yicha yaqqol yetakchi. Shuningdek, raqiblarini qo‘pollik ishlatishga majbur etib, jarima zarbalari ishlashda ham birinchi.

Transfer bozorida 24 yoshli Brassye juda xaridorgir. «Milan», «Monako» klublari unga qiziqish bildirishgan. Joriy mavsumda himoyachi «PSJ»ga qarshi bellashuvda (Fransiya Kubogi, 1G‘8 final) Kilian Mbappeni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgan va 2-sariq kartochka tufayli maydonni tark etgandi. Keyin ijtimoiy tarmoqlar orqali achchiq tanqidlarni qabul qilishga majbur bo‘lgandi. 

Umuman, negadir Mbappe joriy mavsumda «Brest»ga nisbatan munosabatlarini izga sola olmayapti. Kuzda u «qaroqchilar» darvozasini ishg‘ol etgach, golni aynan raqib jamoa muxlislari ro‘parasida nishonlagan va tabiiyki, ularning g‘azabini qo‘zg‘agandi. Bu qitmir harakatini hujumchi o‘sha darg‘azab muxlislar Ashraf Hakimini haqorat qilganliklari uchun amalga oshirganligini aytgandi. Qizig‘i, o‘sha bellashuvda «Brest» 0:2ni 2:2ga aylantirgan va peshqadamni muhim 2 ochkodan mahrum etishga yaqin kelgandi. Lekin Kilian baribir, 89-daqiqada g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘lgandi. «Park de Prens»da bo‘lib o‘tgan yanvardagi uchrashuvda Rua shogirdlari yana 2ta to‘p farqini yo‘qqa chiqarishdi. Biroq bu gal jangovar (2:2) durangni saqlab qolishdi.

«Ochig‘ini aytganda, shunday imkoniyatdan foydalanmay, boshqa yumush bilan shug‘ullangan, murabbiylikdan voz kechganimda, bir necha yildan keyin o‘zimni kechira olmagan bo‘lardim. Chunki o‘z jamoamni juda sevaman», - degandi Erik intervyularidan birida.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:40, 14.03.2024.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.