Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga. «Neftchi» – «Metallurg». Prevyu

Superliga. «Neftchi» – «Metallurg». Prevyu

Baho:
+ | -

“Neftchi” hamda “Metallurg” kuchlilar ligasida o‘zaro 46 marta kuch sinashgan. Shundan 26 tasida farg‘onaliklar, 11 tasida bekobodliklar g‘alaba qozongan. 9 ta o‘yin esa durang natija bilan yakunlangan.

Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 79:41. O‘zaro o‘yinlarda “Neftchi” 87, “Metallurg” esa 42 ochko jamg‘argan.

Farg‘onada o‘tkazilgan bahslarda Toshkent viloyati jamoasi 2 uchrashuvda zafar quchgan, yana 2 ta o‘yinda durangga erishgan. Qolgan barcha o‘yinlar maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlangan.

Farg‘onada o‘tgan oxirgi 5 ta beshta uchrashuv:

29.07.2023.  «Neftchi» - «Metallurg»  1:0
22.05.2022.  «Neftchi» - «Metallurg»  3:0
24.04.2018.  «Neftchi» - «Metallurg»  0:0
25.06.2017.  «Neftchi» - «Metallurg»  0:2
01.07.2016.  «Neftchi» - «Metallurg»  1:0

“Neftchi” haqida

Mamlakat milliy chempionatining 3-turida “Metallurg” safarda O‘zbekistonning eng nomdor jamoalaridan biri – 5 ta oltin, 9 ta kumush, 1 ta bronza medaliga ega chiqqan, 2 marta O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

“Neftchi” FKga 1962 yilda asos solingan. Jamoa “Neftyanik” nomi ostida ikkinchi liga, befer zona hamda birinchi liga musobaqalarida ishtirok etgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng qatorasiga 4 marta mamlakat chempioni bo‘lgan. Xalqaro musobaqlarda mamlakatimiz sharafini munosib himoya etgan: MDH chempionlari kubogining finalchisi (1994), Osiyo klublar chempionati bronza medali sovrindori (1994/95) bo‘lgan.

O‘zbekiston chempionatlarida “Neftchi” bugungacha 857 ta uchrashuv o‘tkazgan: shulardan 494 tasida g‘alabaga erishgan, 146 tasida duranga imzo chekkan, 217 o‘yinni esa boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 1634:910. Chempionatdagi eng yirik g‘alabasi – 8:0 (“Afrosiyob”, 1997), eng yirik mag‘lubiyati – 0:6 (“Paxtakor”, 2017).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 14:34, 14.03.2024.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик