Chorshanba kuni "Atletiko" "Real"ga qarshi emas, balki "Inter"ga qarshi o‘ynadi. Biroq, bu "matraschilar"ning "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Juniorga nisbatan haqoratli irqiy qo‘shiq aytishiga to‘sqinlik qilmadi. Bu o‘yin oldidan "Vanda Metropolitano" stadioni yaqinida sodir bo‘ldi.
Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda haqoratomuz hayqiriqlar videosini joylashtirgan va unga izoh qoldirdi. "Umid qilamanki, siz ularni jazolash haqida allaqachon o‘ylab ko‘rgansiz", - deb yozgan Vinisius Chempionlar ligasi va UYEFAni belgilab. "Bu men bo‘lmagan o‘yinlarda ham sodir bo‘ladigan achinarli haqiqat!" - deya ta’kidladi braziliyalik yulduz.