Antuan Grizmann qo‘pol so‘zlari uchun Aleksis Sanchesdan uzr so‘radi.
“Atletiko” Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida “Inter”ni (2:1, pen. 3:2) mag‘lub etdi (birinchi o‘yin – 0:1). Sanchesning penaltidan yo‘llagan zarbasini madridliklar darvozaboni Yan Oblak qaytarganidan so‘ng Grizmann "Ey, chililik ahmoq!" - deb baqirdi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, o‘yindan so‘ng "Atletiko" forvardi "Inter" futbolchisi bilan bog‘lanib, undan uzr so‘ragan. Aleksis uzrni qabul qildi, Grizmann faqat Yan Oblakni ruhlantirmoqchi ekanligini bildirdi.