Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Aleksandr Stoymirovich: «Paxtakor» uslubini ancha o‘rgangan edik»

Aleksandr Stoymirovich: «Paxtakor» uslubini ancha o‘rgangan edik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida amaldagi chempion «Paxtakor»ni yirik hisobda mag‘lub etgan «Lokomotiv» klubi ustozi Aleksandr Stoymirovich o‘yindan keyin g‘alaba haqida fikr bildirdi.

"Olimpik" klubiga qarshi o‘yindan keyin bizda tayyorgarchilik uchun unchalik ko‘p vaqt bo‘lmadi. Raqibning so‘nggi o‘yinini batafsil, to‘liq tahlil qildik. Boisi, "Nasaf"ning o‘yin uslubi biz namoyish etadigan uslub bilan deyarli bir xil. Shu bois, u o‘yinni keragicha tahlil qildik. Ko‘p vaqt bo‘lmasada, tayyorgarlik jarayonida futbolchilarni yaxshi tayyorlay oldik. Bugun o‘yin sifatimizni ko‘tara oldik. Bugun futbolchilarim ruhiy va jismoniy tomondan yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarila olishganini aytishim kerak. Bugungi g‘alaba uchun futbolchilarga rahmat.

Xatolar bor, albatta. Ko‘proq individual harakatlarda xatolar ko‘rinayapti. Buni o‘yinlar va mashg‘ulotlar davomida kamaytirish ustida ishlaymiz.

Avval aytganimdek, bu mavsum jamoalarning darajasi deyarli bir xil. «Lokomotiv» o‘z uslub, tizimiga ega klub sifatida rivojlanib borishini xohlaymiz. Buning uchun tinmay mehnat qilayapmiz.

Bugun qaysi hududda qanday harakat qilishimiz, qayerda pressing qilishimizni bilardik. Birinchi taymda «Paxtakor»ga umuman imkon qoldirmadik. Albatta, ikkinchi taymda charchaganimiz bilindi. Oxirgi daqiqalarda himoyada o‘ynadik. Umuman olganda, bugun haqli g‘alabaga erishdik.

Sanjar Tursunov barchamiz uchun asosiy va muhim figura. U jamoamiz yetakchisi va sardori. Bizning taktika va uslubimizga kirishib keta oldi.

Bugun Abdumavlonga ishonch bildirdik, boisi, ruhiy tomonlama u bugungi o‘yinga ko‘proq tayyor ekan degan fikrga keldik. Bunday o‘yinlarda bosiq va o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan darvozabonlarga ishonch bildirish kerak. Bizda bir hal saviyali ikki darvozabon bor. Bundan xursandmiz", — dedi Stoymirovich.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:05, 14.03.2024.
O'qildi: 1382 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.