Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

APL tarixidagi eng yirik kambeklar

APL tarixidagi eng yirik kambeklar

Baho:
+ | -

«Bornmut» bu borada beshinchi jamoaga aylandi - va 20 yildan ortiq vaqt ichida birinchi bo‘lib - uchta gol ortda qolib, Premyer-liga o‘yinida g‘alaba qozongan klub bo‘ldi.

Hafta boshida o‘tkazilgan bahsda «Bornmut» dastlab «Luton»dan 3 to qabul qilib oldi. Ikkinchi taymda esa «giloslar» raqib darvozasiga 4 bor yo‘l topib, kambek amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Luton lose 3-0 lead in loss at Bournemouth - NBC Sports

Ushbu kambekdan so‘ng biz, APL tarixida 3 ta gol farqini yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘lgan jamoalar haqida to‘xalib o‘tishga qaror qildik.

Eslatma: bu yerda biz faqat g‘alabalar haqida gapiramiz. "Nyukasl Yunayted" 2010 yilda «Arsenal»ga qarshi 4:4 hisobida durang o‘ynagan - bu Pryemer-liga tarixida to‘rtta gol faqrini yo‘qqa chiqargan yagona klub. Ammo bu durang, g‘alaba emas.

"Lids Yunayted" 4-3 "Derbi Kaunti" - 1997 yil noyabr

"Lids Yunayted" 1997 yil noyabrida o‘z uyida «Derbi»ga qarshi o‘yinda uchta golga ortda qola turib, yakunda g‘alaba qozongan birinchi jamoa bo‘ldi.

Jorj Grem davridagi «Lids»ning oldingi natijalari yomonroq va o‘yinlar zerikarli bo‘ishini hisobga olib, jamoaning 3 ta golni yo‘qqa chiqargani afsonaviy bo‘lib qoldi.

The goals that changed our lives: Lee Bowyer v Derby County - Leeds Live

Din Starrijning ikkita goli va Alxosa Asanovichning penaltisi «Derbi»ni hisobda olib chiqdi, ammo «Lids» Rod Uolles va Garri Kyuyellning gollari bilan tezda javob qaytardi va tanaffusda hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Mezbonlar ikkinchi bo‘limda ustunlik qilishdi, ammo ular sabrli bo‘lishga majbur bo‘lishdi va oxir-oqibat 82-daqiqada Jimmi Floyd Xasselbainkning nuqtadan zarbasi orqali hisobni tenglashtirishdi. Xuddi «Derbi» bir ochkoni ushlab turgandek tuyulgandi, Li Bouyerning qo‘shib berilgan daqiqalarda «momaqaldiroqdek» zarbasi Elland Roud qo‘riqlayotgan darvozasini ishg‘ol qildi.

"Vest Xem" 3-4 «Uimbldon» - 1998 yil sentyabr

“Vest Xem” 14 daqiqadan so‘ng Jon Xartson va Yan Rayt «Uimbldon» ustidan ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib ketishganida, ular kriket hisobiga ketayotgandek tuyuldi. O‘yin tugashiga yarim soat qolganida Raytning ikkinchi goli uch ochkoni naqd qilib qo‘ygandek edi, ammo Markus Geyl bir zumda javob qaytardi va «Don»larga ozroq bo‘lsada imkoniyat berdi.

West Ham United 3-4 Wimbledon (September 1998) – Premier League Archive

Garri Rednappning «bolg‘achilari» ikkinchi bo‘limda taslim bo‘lishdi, chunki Jeyson Euell, Geyl va o‘rinbosar Efan Ekokuning gollari Jo Kinner qo‘l ostida mashhur g‘alabani yakunladi.

«Tottenxem» 3-5 "Manchester Yunayted" - 2001 yil sentyabr

Ser Aleks Fergyuson o‘zining avtobiografiyasida Din Richards, Les Ferdinand va Kristian Ziyejlar «shporlar»ni asosiy taymda oldinga olib chiqishganidan so‘ng: "Ular kiyinish xonasiga kirib, uchta gol o‘tkazib yuborilganda ham, futbolchilar kambekka tayyor edilar", deb eslaydi.

PL Classics | Spurs 3-5 Manchester United (01/02) | Reds stage incredible  fightback from 3-0 down - YouTube

Endi Koul ikkinchi bo‘limda mehmonlarning beshta golli ajoyib shov-shuviga sabab bo‘ldi, undan keyin Loran Blan, Rud van Nistelroy, Devid Bekxem va Xuan Sebastyan Veronlar gol muallifiga aylanishdi. Nikki Batt o‘rniga super sub’ektiv Olye Gunnar Sulsher «Yunayted»ning to‘rtinchi va beshinchi gollariga assistentlik qildi.

«Vulerxepmton» 4-3 «Lester» - 2003 yil oktyabr

2003 yil kuzida «Molineuks»da bo‘lib o‘tgan trillerda «Bo‘rilar» ham, «Lester» ham nega o‘zlarining bema’ni himoyalanishlari bilan jadvalning eng yuqoridaligi bilan ajralib turgan.

«Lester» yarim himoyachilari Les Ferdinanning ikki goli hamda Rikardo Shimekani bir goli evaziga taymni «tulkilar» g‘alaba bilan yakunladi. Ammo «bo‘rilar» tanaffusdan kerakli ko‘rsatmalar olib maydonga qaytdi, Kolin Kemeron dubl qayd etdi, Aleks Re 68-daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Old Gold | 19 years, 13 days, 22 hours and 20 minutes | Features | News |  Wolverhampton Wanderers FC

Faxriy Denis Irvin "Manchester Yunayted" «Tottenxem»ga 3 ta gol urganida Fergyuson tomonidan kuchli deb tan olinmagan edi, ammo bu yerda u to‘rtta golli kambekda muhim rol o‘ynadi va 86-daqiqada Anri Kamaraning goliga assistentlik qildi.

2003-04 yilgi mavsum yakunida ikkala tomon ham «Lid»s bilan bir qatorda quyi ligaga tushib ketishdi.

«Bornmut» 4-3 «Luton» - 2024 yil mart

Andoni Iraola qo‘l ostidagi «Bornmut» jamoasi ikkinchi yarmida «Hatters» darvozasiga to‘rtta gol urgan holda Premer-liganing yigirma yil ichida eng katta g‘alabasiga erishdi.

Iqtidorli hujumchi Dominik Solanke ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida «Bornmut»ni yana bahsga qaytardi, markaziy himoyachi Iliya Zabarniy boshi bilan ikkinchi golni urdi va Antuan Semenyo o‘zgacha dubl bilan o‘yinni yakunladi.

AFCB - Official Club Website

"Biz ikkinchi bo‘lim boshida vaziyatni o‘zgartirishimiz kerak edi, Dom [Solanke] tomonidan kiritilgan birinchi gol muhim edi", dedi Iraola BBC'ga.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 08:00, 15.03.2024.
O'qildi: 4550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.