Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Timur Kapadze: «Pressingdan chiqishda muammolar kuzatilmoqda»

Timur Kapadze: «Pressingdan chiqishda muammolar kuzatilmoqda»

Baho:
+ | -

Superliga 3-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Olimpik" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Ikkala jamoa ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. 0:2 hisobini 2:2 ga o‘zgartira olganimizdan xursandman. Uchrashuv so‘nggida ochiq futbol guvohi bo‘ldik. Bugun g‘alaba qozonishimiz ham, mag‘lub bo‘lishimiz ham mumkin edi. Qayerdadir kamchiliklar kuzatilgan bo‘lishi mumkin, ammo futbolchilar yaxshi harakat qilishdi, deya olaman. "So‘g‘diyona" yaxshi pressing qildi. Bizda aynan pressingdan chiqishda muammolar kuzatildi. Oldinda FIFA kunlari kutib turibdi. E’tiborni terma jamoaga qaratamiz.

Noqulay ob-havo sabab kecha ikkala jamoa ham mashg‘ulot o‘tkaza olmadi. Biroq jamoa yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sezildi. Birinchi golda himoyachimizning xatosi kuzatildi. Bu – futbol. Mavsum boshida xato barchada kuzatiladi. Ikkala jamoa ham bu holatdan chiqib ketishiga ishonchim komil. Jizzaxliklarning oldingi ikki bellashuvini ko‘rib chiqqan edik, lekin jamoa bugun butunlay boshqa sxemada o‘ynadi. Ular ham bizdan kelib chiqib, o‘ziga xos reja qilgan bo‘lishlari tabiiy", — dedi Kapadze.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:02, 15.03.2024.
O'qildi: 752 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.