"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes terma jamoa o‘yinlaridagi tanaffus haqida gapirdi.
"Bu tanaffus bizga foyda beradi. Mavsum oxirida «Manchester Siti»ning eng yaxshi versiyasini ko‘rasiz", - deya Rodrining so‘zlarini keltiradi City Xtra.
Joriy mavsumda 27 yoshli ispaniyalik barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.