"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes uch o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis "Atletiko" bilan La Liganing so‘nggi uchrashuvida (3:0) qizil kartochka olgandi. Xavining o‘zi imo-ishoralari uchun chetlatilganini aytdi.
Manbaga ko‘ra, agar Xavi diskvalifikasiya qilinsa, "Barselona" bu qaror ustidan shikoyat qilmaydi, chunki klub buni vaqtni behuda sarflash deb hisoblamoqda.
29-turdan keyin “Barselona” 64 ochko bilan La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.