Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

O‘zbekiston kubogi. Saralash o‘yinlari 1-aprel kuni o‘tkaziladi

O‘zbekiston kubogi. Saralash o‘yinlari 1-aprel kuni o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

21 mart kuni O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlandi va 26 jamoa o‘z raqiblarini bilib oldi. Yana 6 ta jamoa saralash o‘yinlari orqali guruh bosqichiga yo‘l oladi.

Liga saralash uchrashuvlarini 1 aprel kuni Toshkent shahridagi 2 ta sun’iy maydonda o‘tkazadi va unda 12 ta jamoa 6 juftlikka ajratiladi. 28 mart kuni qur’a orqali mazkur juftliklarga aniqlik kiritib olinadi.

Saralashda Andijon, Namangan, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Navoiy va Qoraqalpog‘iston futbol akademiyalari, shuningdek, Farg‘ona va Buxoro davlat universitetlari, “Chig‘atoy”, “Qumqo‘rg‘on”, “Qiziriq”, “Zomin” jamoalari ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, saralash bosqichida barcha jamoa faqat 1 tadan o‘yinda maydonga tushadi. Ularda g‘olibni asosiy vaqtda aniqlashning imkoni bo‘lmasa, navbat qo‘shimcha taymlarsiz penaltilar seriyasiga beriladi.

Kiritildi: 18:39, 22.03.2024.
O'qildi: 3026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик