Lionel Messining MLSga o‘tishi butun dunyoni larzaga soldi. Ko‘pchilik argentinalik futbolchining “PSJ”dan “Inter”ga ketishi to‘satdan tanlov bo‘lganiga ishonishadi, biroq Messining oilasi bu variantni anchadan beri – 2023 yildan oldin ham ko‘rib chiqishgan.
Devid Bekxem Jeyms Korden bilan podkastda Messi bilan muzokaralar qanday kechganini tushuntirib berdi:
"Biz Leoning otasi bilan uzoq vaqt gaplashdik... Besh yil. Men va mening hamkorim [klub egasi Xorxe Mas] Leoning otasi bilan besh yil oldin ko‘rishib yurardik.
Biz u bilan uchrashdik va men shunday dedim: "Eshiting, men Leo hozir tayyor emasligini bilaman, lekin men sizning o‘g‘lingiz kelajakda mening klubimda o‘ynashini xohlayman", dedim.
O‘sha oy biz qaror qabul qilishimiz kerakligini allaqachon bilgan edik, chunki Leo PSJdan ketishini e’lon qildi.
Yaponiyada ertalab soat to‘rt-besh bo‘ldi, men to‘shakda yotibman, telefonim jiringladi va keyin men ko‘rdim: "Leo Messi Mayamiga kelishga qaror qildi", – deya esladi Bekxem.