Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Deyan Kulushevski: «Yuve»da o‘zimni keraksizdek his qila boshlagandim...»

Deyan Kulushevski: «Yuve»da o‘zimni keraksizdek his qila boshlagandim...»

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning shvesiyalik yarim himoyachisi Deyan Kulushevski The Players Tribune saytida muxlislarni qiziqtiradigan ba’zi savollarga oshkora, ro‘y-rost javob berdi.

 U jumladan, «Yuventus»da faoliyati nega o‘xshamagani haqida batafsil to‘xtaldi.

- Deyan, «Yuve»dan nega ketdingiz, asosiy sababni ayta olasizmi?

- Hammasi oddiy: «Yuventus» zaxirasida naq 6 oy o‘tirdim. Bunday vaziyatda har qanday futbolchi o‘zini noxush his etadi. Axir butun hayotini futbolga bag‘ishlagan, bor kuchi bilan ishlagan futbolchining shunchaki, zaxirada o‘tirib, o‘z pozisiyasida aslida vinger bo‘lmagan yigit qanday o‘ynashini tomosha qilishi juda og‘ir. Ochig‘ini aytsam, Turin klubida o‘zimni o‘ta noqulay sezdim, hatto keraksiz futbolchidek ham. Ba’zilar o‘yinim «Yuventus» uchun yetarli daraja yaxshi emasligini, o‘ta sekin ekanligimni ham aytishdi. Albatta, bunday gap-so‘zlar futbolchiga qattiq ta’sir etadi. Axir hammamiz insonmiz.

- «Yuve»dan ketish istagi o‘sha payt tug‘ildimi?

- O‘zi ketishim zarurligi oydinlashib boraverdi. Qisqasi, 2022 yilning yanvar oyi, ya’ni qishki transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun qolgan pallada agentimdan yangi klub topishini so‘radim. Aslida ishonmagandim, chunki vaqt qolmagandi hisob. Keyin agentim birdan xizmatimga «Tottenxem» tomonidan qiziqish borligini aytdi. Bunga javoban tezda Londonga eng yaqin parvoz vaqtini aniqlashtirishini iltimos qildim.

- Turinda Krishtianu Ronaldu bilan munosabatingiz qanday bo‘ldi?

- Krishning qattiq ishlashi, barchaga yana nimalarnidir isbotlashni xohlayotganini ko‘rdim. Vaholanki, uning uchun isbotlaydigan narsaning o‘zi qolmagan bo‘lsada. Rostini aytaman, hech qachon biror klubdoshimdan nimadir so‘ragan emasman, lekin bir kuni Krishtianudan onam uchun futbolkamga imzo qo‘yib berishini iltimos qildim. Bundan 5 yilcha  oldin Shvesiyaga qaytish varianti ustida jiddiy o‘ylagan, u yerda hattoki, oddiy ish bilan shug‘ullanishni rejalashtirgandim. Qa-rang­ki, taqdirga ko‘ra, Turinda  eng buyuk futbolchilardan biri bilan o‘ynash baxti nasib etdi.

- Umuman, «Yuve»dan nimalar oldingiz?

- Ko‘pchilik «Yuventus»da muvaffaqiyatsizlikka uchraganimni aytadi. Bu g‘alati fikr, zero, Turinda 2ta sov­rin yutdim, har ikki finalda o‘ynadim, gol urdim. Qolaversa, sobiq klubim - «Atalanta» darvozasi zabt etilgan payt golga assistentlik qildim. Ha, klubdagi oxirgi 6 oy juda og‘ir o‘tdi. «Tottenxem» safiga qo‘shilganimda ham, aslida nuqul pastga tortadigan spiraldan qanday chiqib ketishni bilmasdim...

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:01, 23.03.2024.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.