Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini qayerda davom ettirish borasida qaror qabul qildi.
Jurnalist Rudi Galettining so‘zlariga ko‘ra, “Napoli” hujumchisi avvalroq xabar qilinganidek, “Arsenal”dan ko‘ra “Chelsi”ga o‘tishga moyil.
25 yoshli futbolchining "Napoli" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan va uning transfer qiymati 110 million yevroga baholanmoqda. Osimxenning yozgi mavsumda Italiya klubini tark etishi ehtimoli yuqori, chunki u faoliyatida yangi chaqiruv olishni xohlaydi.
Joriy mavsumda forvard Italiya chempionatida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.