Braziliya Angliya bilan o‘rtoqlik o‘yinida ketma-ket 3 ta mag‘lubiyatli seriyasini yakunladi.
Braziliya terma jamoasi “Uembli”da bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida Angliyani mag‘lub etdi (1:0).
Bu o‘yinda Endrik Ronaldodan keyin "Selesao" uchun eng yosh gol muallifiga aylandi.
Murabbiy Dorival Junior jamoasi 2024 yildagi ilk o‘yinini o‘tkazdi. Ular o‘tgan yili Argentina (0:1), Kolumbiya (1:2) va Urugvayga (0:2) ketma-ket o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgandi.