Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Qirzig‘iston U20 bosh murabbiyi: “Andijon”ning maydonda kuchli ekanligi ko‘rinib turdi, ular O‘zbekiston chempionatida yuqori o‘rinlardan birida bo‘lishi kerak”

Qirzig‘iston U20 bosh murabbiyi: “Andijon”ning maydonda kuchli ekanligi ko‘rinib turdi, ular O‘zbekiston chempionatida yuqori o‘rinlardan birida bo‘lishi kerak”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Qirg‘iziston U20 terma jamoasi “Bobur Arena”da “Andijon”ga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va mezbonlarga 3:0 hisobida yutqazdi. Bellashuvdan so‘ng Qirg‘iziston U20 terma jamoasi bosh murabbiyi Mirlan Eshenov “Andijon” matbuot xizmatining savollariga javob berdi.

-O‘yinda sizda qanday taassurot qoldirdi?

-Birinchi navbatda “Andijon” futbol klubiga o‘zimizning chuqur minnatdorligimizni bildiramiz. Ular bizga barcha sharoitlarni yaratib berishdi, xususan mashg‘ulot maydonlarini taqdim qilishdi va bundan minnatdormiz. Biz uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Ko‘rinib turdiki, “Andijon” maydonga g‘alaba ishtiyoqida tushdi. Bizda esa himoyadan hujumga o‘tishda muammolar ko‘zga tashlandi. Futbolchilarimizni o‘zaro kontaktlarida nuqsonlar sezildi. “Andijon” esa g‘alaba uchun harakat qildi. Maydonda kuchli ekanligi ko‘rinib turdi va ajoyib o‘yin namoyish etishdi.

-“Andijon”ning qaysi futbolchisi sizda iliq taassurot qoldirdi?

-To‘g‘risini aytsam, men ko‘proq o‘zimizning o‘yinchilarimiz harakatlariga e’tibor qaratdim. Ammo Abdumannonovni o‘yinlari menga ancha yoqdi. Himoya va hujumni bir-biriga ulashda katta ishni bajardi.

-Bungacha Farg‘onada “Neftchi”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgandinglar. Bu safar esa yirik hisobda jamoangiz yengildi. Ikkala o‘yinlarda qanday farqlarni ko‘rdingiz?

-Bilasizmi, “Neftchi” ham yaxshi jamoa ekan. Biroq ular bizga to‘g‘ri baho bermasdan maydonga chiqqandek tuyuldi. O‘yinda imkoniyatlarimizdan unumli foydalanib, g‘alabaga erishdik. Ular bizni yosh jamoa deb o‘ylashdi, shekilli. Agar ular astoydil o‘ynab imkoniyatlaridan foydalanganlarida yutishlari ham mumkin edi. Tezlik va sifatli o‘yin bo‘yicha “Andijon” klubi yaxshiroq ko‘rindi.

-Ayting-chi, “Andijon”ning Superligadagi imkoniyatini qanday baholaysiz?

-O‘zbekiston chempionatini hurmat qilamiz va o‘yinlarni doim kuzatib boramiz. Chunki O‘zbekiston chempionati mintaqadagi eng kuchlilaridan biri. Terma jamoalaringiz xalqaro maydonlarda yaxshi natijalarga erishyapti. U20 termangiz ham muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Mana, stadionda ularning yorqin g‘alabasidan esdalik surat ham bor ekan. “Andijon”ga to‘xtalsam, yaxshi jamoa. Mana shunday o‘yini bilan O‘zbekiston chempionatida yuqori o‘rinlarda bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:31, 24.03.2024.
O'qildi: 846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.