Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Islom Ahmedov: “Mazkur o‘yin jamoamiz uchun tajriba oshirishga yordam beradi”

Islom Ahmedov: “Mazkur o‘yin jamoamiz uchun tajriba oshirishga yordam beradi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, “Navbahor” bugun Qirg‘iz Respublikasi Premyer-ligasining so‘nggi ikki mavsumi, ya’ni, 2022 va 2023 yillardagi chempioni “Abdish - Ata” (Kant) jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, Asadbek Sobirjonovning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur o‘yindan so‘ng, mehmonlar bosh murabbiyi, hamyurtimiz Islom Ahmedov klubimiz rasmiy sayti uchun maxsus intervyu berdi. Quyida uning fikrlarini e’tiboringizga havola etyapmiz.

- O‘zbekistonning kuchli hamda sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan “Navbahor”ga qarshi xalqaro o‘rtoqlik bahsi o‘tkazganimizdan xursandman.

Mazkur o‘yin o‘zbek va qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlaydi, jamoamiz uchun esa Avstraliyaning “Sentral Kost Mariners” klubiga qarshi kechadigan OFK kubogi hududiy final bellashuvlaridan oldin tajriba oshirishga yordam beradi, degan umiddaman.

Tan olish kerak, namanganliklar o‘yin saviyasi hamda tajriba borasida jamoamizdan ancha kuchli. Shunday bo‘lsada, yigitlar nomdor raqibga qarshi munosib o‘yin namoyish etishga intilishdi. Biroq, tajriba baribir o‘z so‘zini aytdi. Ajoyib tashkilotchilik uchun “Navbahor” klubi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. “Navbahor”ga Superliga va O‘zbekiston kubogi musobaqalarida omad yor bo‘lib, jamoa g‘alabalari bilan muxlislarga quvonch ulashishiga tilakdoshman.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:43, 25.03.2024.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик