Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

"Andijon" legioneri: “Bu yil gollar urishga juda tashnaman”

"Andijon" legioneri: “Bu yil gollar urishga juda tashnaman”

Baho:
+ | -

“Andijon” klubi mavsumni shiddatli boshladi. Buni dastlabki uchta uchrashuv ham ko‘rsatib qo‘ydi. Oldinda esa “Burgutlar”ni “Nasaf”ga qarshi juda muhim o‘yin kutmoqda.

Gollar urishda faollik ko‘rsayotgan “Andijon” kuni kecha o‘z maydonida Qirg‘iziston U20 termasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi hamda raqibini 3:0 hisobida taslim qildi.

Gollardan biriga chernogoriyalik legioner Armin Boshnyak mualliflik qildi. U bir qator savollarga javob qaytardi.

-Armin, Qirg‘iziston yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yin haqida fikringiz qanday?

-Bu biz uchun yaxshi darajadagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ldi. Bunday o‘yinni jamoamizga katta foydasi bo‘ladi, deb o‘ylayman. “Nasaf”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarligimizni yanada kuchaytiramiz.

-30-mart kuni “Andijon” klubini nihoyatda muhim o‘yin kutmoqda. Siz bo‘lajak uchrashuvdan nima kutyapsiz?

-Biz har bir o‘yinda qilganimizdek, doim 100 foiz imkoniyatimizni ishga solib, bor kuchimizni berib o‘ynaymiz. Hamisha yaxshi natijaga umid bog‘laymiz.

-Umuman aytganda, “Andijon” yangi mavsumni yaxshi boshladi. Sizningcha, buning asosiy sababi nimada?

-Bizning yaxshi natijalarimizdagi asosiy sababi shundan iboratki, biz yaxshi shug‘ullanamiz va tayyorgarligimiz ham shunga yarasha. Bunga jamoa ichidagi atmosfera katta yordam beradi. Qolaversa, yangi futbolchilarni tanlashda ham ancha omadli bo‘ldik. Yaxshi o‘yinchilar tarkibimizga qo‘shilishdi.

-Klub 3 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi, o‘rtoqlik o‘yinida esa 3 ta. Ko‘rinib turibdiki, jamoa juda tajovuzkor o‘ynamoqda.

-Ha, biz ko‘p gol uryapmiz. Buning uchun aynan shuning ustida ko‘proq ishlayapmiz. Ushbu kiritilayotgan gollar uchun butun jamoa olqish olishga haqli. Bu butun jamoaning mehnati saramasi o‘laro kiritilayotgan gollardir. Biz kiritayotgan gollar uchun butun jamoa hurmatga loyiq.

-Siz chempionatda va o‘rtoqlik o‘yinlarida bittadan gol urdingiz. Bu borada sizda ham gol urishga chanqoqlik ko‘rinyapti. “Nasaf” bilan bellashuvda ham gol ura olasizmi?

-Men milliy chempionatda ham, o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham gol urayotganimdan xursandman. Bu yilda gollar urishga juda tashnaman va buni nihoyatda xohlayman. Imkon qadar ko‘proq golla urib jamoamga foydam tegsa xursand bo‘laman va bu mening maqsadim.

-“Bobur Arena”dagi muhit va sizga va jamoaga qanday ta’sir ko‘rsatyapti? Masalan, oldin to‘p surgan klublaringizda shunday muhitni ko‘rganmisiz?

-Bizda mamlakatdagi eng yaxshi muxlislik bor va juda yaxshi atmosferada o‘ynayapmiz. Kiyim almashtirish xonasida, jamoa ichida, butun shaharda, umuman barchasi ajoyib va muxlislarimizning ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashi ham sabab bo‘lmoqda. Ular bizni mana shunday yaxshi natijalarga yetaklab kelishyapti. Ular bo‘lmaganida bu kabi o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lardik.

-30-mart oqshomida bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan muxlislarga nima deya olasiz?

-Ishqibozlarimizga katta rahmat. Ularning yordami bilan yana g‘alaba qozonamiz, degan umiddaman.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 04:56, 26.03.2024.
O'qildi: 871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.