Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Superliga. “Navbahor” - “Surxon” uchrashuvi prevyusi

Superliga. “Navbahor” - “Surxon” uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi.   

Mazkur klublar shu kungacha milliy chempionatlarimiz tarixida o‘zaro 34 marta ro‘baro‘ kelishgan. Ushbu o‘yinlarning 24 tasida “lochinlar”ning qo‘li baland kelgan (bitta o‘yinda “Navbahor”ga texnik g‘alaba yozilgan),  6 tasida termizliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 4 ta bahsda esa jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbati – 84-24, “Navbahor” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda “Navbahor” 76 ochko, “Surxon” esa 22 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi eng yirik - 9:0 hisobi 1997 yili Namanganda qayd etilgan. Ta’kidlash joizki, namanganliklar o‘tkazilgan 34 ta bahsning 12 tasida termizliklar ustidan yirik hisobda zafar quchishgan. 

“Navbahor” hamda “Surxon” klublari bungacha Namanganda 17 marta kuch sinashishgan (2019 yilgi bahs ma’lum sabablarga ko‘ra, Farg‘onada o‘tkazilgan va ushbu o‘yin ham “Navbahor” nominal mezbon bo‘lganligi bois, inobatga olindi).

1992 yili termizliklar Namanganga tashrif buyurishmagani bois, “Navbahor”ga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan bo‘lsa, qolgan 16 ta bahsning barchasida “lochinlar” g‘alaba qozonishgan (Farg‘onadagi o‘yinda ham).

Fakt: “Surxon” Namanganda hali ochko ololmagan.

“Navbahor” o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlarda “Surxon” darvozasini 55 marta ishg‘ol etgan bo‘lsa, termizliklar Namanganda “lochinlar” darvozasiga  bor-yo‘g‘i 4 ta to‘p kiritishgan.

Barcha uchrashuvlar natijalari:                          

28.03.1992          “Surxon” – “Navbahor”  – 1:1

29.10.1992          “Navbahor” – “Surxon”  –  +:-

13.04.1994          ASK – “Navbahor”  –      2:3

13.11.1994          “Navbahor” - ASK   –   2:1

11.06.1995          “Navbahor” - ASK –     4:0

19.08.1995          ASK – “Navbahor” –    2:5

26.06.1996          “Navbahor” - ASK –     4:1

29.08.1996          ASK – “Navbahor” –    1:4

13.04.1997          “Navbahor” – “Surxon” – 9:0

04.10.1997          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0

18.04.1998          “Navbahor” – “Surxon” – 5:0

08.10.1998          “Surxon” – “Navbahor” – 3:1

06.06.1999          “Navbahor” – “Surxon” – 1:0

14.08.1999          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0

19.04.2000          “Surxon” – “Navbahor” – 3:3

30.09.2000         “ Navbahor” – “Surxon” – 5:0

23.06.2001          “Surxon” – “Navbahor” – 0:3

31.07.2001          “Navbahor” – “Surxon” – 7:1

28.04.2002          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0

19.10.2002          “Navbahor” – “Surxon” – 1:0

14.05.2003          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0

13.09.2003          “Navbahor” – “Surxon” – 2:1

15.03.2004          “Navbahor” – “Surxon” – 6:0

05.11.2004          “Surxon” – “Navbahor” – 0:4

21.04.2019          “Navbahor” – “Surxon” – 3:0

19.10.2019          “Surxon” – “Navbahor” – 0:0.

19.08.2020          “Surxon” – “Navbahor” – 1:1

20.11.2020          “Navbahor” – “Surxon” – 1:0

12.05.2021          “Navbahor” – “Surxon” – 2:0

03.10.2021          “Surxon” – “Navbahor” – 1:0.

10.03.2022          “Surxon” – “Navbahor” – 1:2

11.08.2022          “Navbahor” – “Surxon” – 2:0

14.05.2023          “Navbahor” – “Surxon” – 1:0

27.10.2023          “Surxon” – “Navbahor” – 1:2.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 31 mart kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:35, 28.03.2024.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.