Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Fonsekaga Fransiyaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Fonsekaga Fransiyaning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Lill" bosh murabbiyi Paulo Fonseka ish joyini o‘zgartirishi mumkin, deya xabar beradi L’Équipe nashri.

Mavsum oxirida portugaliyalik murabbiyning "Lill" bilan shartnomasi yakuniga yetadi. Manbaning xabar berishicha, mutaxassisni taklif qilishga "Marsel" va "Lion" qiziqish bildirmoqda.

"Marsel" yozda vaqtinchalik bosh murabbiy Jan-Lui Gass bilan xayrlashadi. Bir yil avval klub Fonsekaga qiziqish bildirgandi, ammo ularning tanlovi Marselinyo bo‘ldi. Biroq, hozir portugaliyalik murabbiy "Marsel" uchun ustuvor ahamiyatga ega.

"Lion" ham Fonseka uchun da’vogarlar qatorida. Pyer Saj yozda klubni tark etishi mumkin, shuning uchun uning o‘rniga Fonseka nomzodi ko‘rib chiqilmoqda. "Taqachilar" egasi Jon Tekstor Paulo muxlisi.

Biroq, manbaga ko‘ra, Fonseka "Lill"da qolmoqchi, garchi mutaxassis hech qachon sezilarli moliyaviy imkoniyatlarga ega klubni boshqarish istagini yashirmagan bo‘lsa-da.

Uning "Lill" prezidenti Olivye Letang bilan kelajagi borasidagi uchrashuvi mavsum yakuniga qadar bo‘lib o‘tadi.

Fonseka 2022 yildan buyon "Lill" klubini boshqarib kelmoqda.

Kiritildi: 21:58, 28.03.2024.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик