"Barselona" hujumchisi Rafinya yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Braziliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar" tarkibni qayta qurish doirasida xayrlashishga tayyor bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
Shu bilan birga, TodoFichajes xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi Rafinyaning transferidan 100 mln yevro ishlab olishni kutmoqda.
Oldinroq matbuotda Saudiyaning "Al-Hilol" klubi moliyaviy imkoniyatlariga shubha qilib bo‘lmaydigan Rafinya uchun 100 million yevro taklif qilayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.