Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Aleksandr Stoymirovich: «So‘nggi daqiqalardagi vaziyat golga aylanmagani biroz achinarli bo‘ldi»

Aleksandr Stoymirovich: «So‘nggi daqiqalardagi vaziyat golga aylanmagani biroz achinarli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Stoymirovich Superliganing 4-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Qizilqum"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Eng avvalo aytishim kerakki, chempionat doirasida uch o‘yindan keyin tanaffusni o‘tkazib, uzoq yo‘lga chiqdik. Shu sababli bo‘lsa kerak, o‘zimiz istagan 3+2 taktikasida o‘ynay olmadik. Ba’zida raqiblar bizga tezroq o‘yin ko‘rsatishga imkoniyat berdi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘yingacha bo‘lgan davrda kelishgan, ustida ishlagan narsalarimizni ko‘rsata oldik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni to‘laqonli nazorat qilib turdik. Raqiblar himoyada to‘p bilan yaxshi muomala qila oldi va biz ularga oldinga o‘tishiga imkoniyat bermadik. Raqiblar 90 daqiqa mobaynida darvozamizga faqatgina bir marta zarba bera oldi, xolos.

So‘nggi daqiqalardagi vaziyat golga aylanmagani biroz achinarli bo‘ldi. Biroq bu futbol, shunaqasi bo‘lib turadi. «Qizilqum» yaxshi futbolchilardan tuzilgan yaxshi jamoa. Ular ko‘plab raqiblarga boshog‘riq bo‘lishi aniq. Raqiblar to‘g‘ri o‘yin ko‘rsatdi, biz barchasiga tayyor turgandik. Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Murabbiylar bu o‘yindan zavqlanib, nimalarni o‘zgartirish kerakligini o‘ylab ham qoladi. Biroz afsuslandik. Lekin yana bir bor gol o‘tkazib yubormaganimizdan xursandmiz. To‘rtinchi turga kelib ham mag‘lub bo‘lmadik. Oldinda «Andijon»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ertaga jamoaga dam beramiz va keyin 3 kun davomida uy o‘yinimizga tayyorlanamiz", — dedi Aleksandr Stoymirovich.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:54, 29.03.2024.
O'qildi: 1363 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.