Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Jamshid Saidov: «Hamma o‘yinni mehmonda o‘tkazayotgandekmiz»

Jamshid Saidov: «Hamma o‘yinni mehmonda o‘tkazayotgandekmiz»

Baho:
+ | -

Superliga 4-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» – «Lokomotiv» (0:0) uchrashuvidin so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.

— O‘yin haqida.
— Jangovar durang bo‘ldi. Ikkala jamoa ham durangga loyiq edi. Boshidan oxiriga qadar maydon markazida kurash kechdi. Lekin vaziyatlar yarata olmadik. Yigitlarning o‘yinidan qoniqdim. Qiyin bo‘lganini bilaman. Natijadan qoniqdim.

— Ikkinchi bo‘limning boshida o‘zgartirish qildingiz. Bu natija bilan bog‘liqmidi?
— Uchta turda hujumchisiz o‘ynadik. Biz Muhammadali G‘iyosovni oldingi chiziqda xavfli vaziyat yaratish uchun maydonga tushirdik. Afsuski, u formada emas. Juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi, formani tiklab olishga vaqt kerak. Muhimi, u o‘yinni buziq qo‘ymadi.  

— Bugun zaxiradan tushgan o‘yinchilar aynan qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak edi va ulardan nimalar kutilgandi?
— Bilasizmi, ikki-uch nafar futbolchimizga kuch yetishmadi. Menimcha, bunga ularning ro‘za tutgani sabab bo‘ldi. Bu o‘z so‘zini aytdi. Yetarlicha kurasha olmagan nuqtalarimizda ham o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Bu asosan tayanch nuqtasi va ikki qanot.

— Bugun legionerlar o‘yin boshidan harakat qilishdi. Ular o‘zlarini ko‘rsata olishdi deya olasizmi?
— Legionerlarimiz har o‘yin yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda. Ular o‘yinni buzib qo‘yishmadi, har bir uchrashuvda ular foydali harakat qilishmoqda.

— Jo‘rabekovni almashtirilishiga sabab nima?
— Jo‘rabekovda kichik jarohat bor. Ikkinchi o‘yin-ki, bu narsa halal bermoqda. Unda jangovar xarakter bor, har bir o‘yinda oxiriga qadar o‘ynaydi. Afsuski, kichik jarohat halal bermoqda. Endi bu jarohatni tuzatishga yetarli vaqt bo‘ladi. Jo‘rabekov yaxshi o‘ynadi, ammo uni almashtirish kerak deb hisobladim. Chunki u oxirgi 10-15 daqiqada pozisiyalarni yopishga ulgurmadi.

— Lobjanidze qachon safga qaytadi?
-Ozgina qoldi. Kubok o‘yinlarida uni maydonga tushirishga harakat qilamiz. Hozir tiklanish jarayoni ketmoqda. Umid qilamanki, u kubok o‘yinlarida maydonga tusha oladi.

— Qarshida o‘yinlar o‘tkazishda biror muammo bo‘lmayaptimi?
— Muammo bor. Uyda devorlar ham yordam beradi. Hamma o‘yinni mehmonda o‘tkazayotgandekmiz. Navoiyda ko‘proq muxlislar stadionga kelgan bo‘lardi. Bugun Qarshiga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 23:34, 29.03.2024.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик