Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

O‘zbekistonlik surdo taekvondochilar jahonda ikkinchi bo‘lishdi

O‘zbekistonlik surdo taekvondochilar jahonda ikkinchi bo‘lishdi

Baho:
+ | -

Bishkekda taekvondo bo‘yicha eshitish qobiliyati zaif sportchilar o‘rtasida jahon chempionati yakunlandi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonliklar 8 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar terma jamoasi ikki oltin, bitta kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritib, jamoaviy hisobda jahonda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida medal jamg‘arish bo‘yicha Janubiy Koreya davlati birinchi o‘rinni egalladi. Qo‘shni Qozog‘iston davlati bu borada uchinchi bo‘ldi.

Shohruz Abdurahmonov va Muhammad Usmonov o‘z vazn toifasida tengsiz bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hojiakbar Hokimov kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Anvar Xolboyev va Hojiakbar Saidmurodov bronza medali bilan musobaqani yakunladi.

Ayollar o‘rtasida 46 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Tojiboyeva tengsizligini isbotlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hayitboyeva Asal huddi shu vaznda bronza medali sohibasi bo‘ldi. 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Nuriddinova Shahrizoda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

— 62 kg vaznda kurash olib borgan Eshmirzayeva Go‘zalga bir oz omad yetishmadi va u jahon chempionatida beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 16 sportchi bilan ishtirok etdi. 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:06, 30.03.2024.
O'qildi: 496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.