Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Vitaliy Levchenko: «Bugungi natijalar oldindan bashorat qilish qiyinligini ko‘rsatmoqda»

Vitaliy Levchenko: «Bugungi natijalar oldindan bashorat qilish qiyinligini ko‘rsatmoqda»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 4-turida safarda "Olimpik" klubiga mag‘lub bo‘lgan "Neftchi" klubi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko mag‘lubiyat sabablari, Turopovning yo‘qligi, Toshmirzayev va chempionat bahslarida yuzaga kelgan holat haqida gapirdi.

"Qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi deya olaman. Ayniqsa, ikkinchi taymda ustunlik qilgan edik. Ammo, vaziyatlardan foydalana olmadik. Futbolda g‘alaba qozonish uchun nafaqat o‘z imkoniyatlaringni golga aylantirish, balki, raqib hujumlarini bartaraf eta olishing kerak. Bugun bularning uddasidan chiqa olmadik.

Jamoaning tayyorgarli kabi jihatlar bor. Har qanday futbolchi mashg‘ulotlarda yoki nazorat o‘yinlarida o‘ziga yuklatilgan topshiriqlarni bajarishi kerak. Agar buni bajarmasa yakuniy 20talik ro‘yxatga kiritilmaydi. Diyor Turopov haqidagi savolga aynan shunday javob bergan bo‘lardim.

Toshmirzayev universal futbolchi. Maydonning istalgan nuqtasida o‘ynay oladi. Bugun ham u maydonda katta hajmdagi ishni bajardi. Jamoaga universallik, tezlik bera oladi. Zaxiramizdan foydalanmaganimiz sababi, ayrim futbolchilar terma jamoalardagi o‘yinlardan charchagan holda kelishdi. Formalariga kirib olishlari uchun vaqt kerak.

Bugungi natijalar oldindan bashorat qilish qiyinligini ko‘rsatmoqda. Chempionatda jiddiy kurash kechayapti. Hozir hamma jamoalarga ochko kerak. Hamma jamoalar jiddiy kurashmoqda va hozir hamma futbol o‘ynashni biladi", - dedi Levchenko.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:19, 01.04.2024.
O'qildi: 1459 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик