Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Babayan: «Navbahor»ga kelganimdan so‘ng jamoada o‘zgarishlar qila oldim»

Babayan: «Navbahor»ga kelganimdan so‘ng jamoada o‘zgarishlar qila oldim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 4-turida o‘z maydonida "Surxon" bilan durang o‘ynagan "Navbahor" klubi ustozi Samvel Babayan durang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Avvalgi o‘yindagidek himoyada tushunarsiz hatolar qilganimiz evaziga yana ochko yo‘qotdik. "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda ham, shunaqa xatolar qilgandik. Umuman, hozir barcha jamoalar yetakchilar bilan o‘yinda ochko tortib olishlari mumkin. Bugun shunga guvoh bo‘ldik. Chempionat qiziq tarzda o‘tayapti. Bu mavsum ham juda qizg‘in o‘yinlarni ko‘rishimiz mumkin.

Yangi mavsum endi boshlandi. Kamchiliklarni bartaraf etishga imkon bor. Xatolarni kamaytirish ustida ishlaymiz. Balansni topib olishimiz kerak. "Navbahor"ga qarshi o‘ynaydigan har qanday jamoa katta motivasiya bilan maydonga tushadi. Bizdan ochko tortib olish ular uchun katta motivasiya.

Musobaqalarni yutish uchun ishonchli himoya bo‘lish kerak. Bu asosiy omil. O‘tgan mavsum birinchi davrada 6ta gol o‘tkazib yuborgan edik. Bu yil to‘rtinchi turga kelib shuncha gol o‘tkazib yuborayapmiz. Bu real muammo. Bu borada rahbariyat bilan gaplashganmiz. Shuningdek, avvalgi mavsumda ikki nafar asosiy markaziy himoyachimiz bo‘lgan Milovich va Golban ketgani ham jiddiy muammo tug‘dirdi. Ularning o‘rniga bu mavsum futbolchi olmadik. Bu sabablar bizga etarlicha muammolar olib kelayapti.

"Navbahor"ga kelganimdan so‘ng jamoada o‘zgarishlar qila oldim. Rasmiy bayonot deyish ham mumkin – bu yerdan sovrin yutmagunimcha ketmayman. Katta maqsadlar yo‘lida ishlayapmiz. Ishlashda va izlanishda davom etamiz. Bugun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Raqiblarga qaraganda yaxshi o‘ynayapmiz, ko‘proq vaziyatlar yaratayapmiz, ammo bu ustunlini hisobda aks ettira olmayapmiz", - dedi Babayan.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:24, 01.04.2024.
O'qildi: 2559 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик