Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

"Manchester Siti"ning 57 o‘yindan iborat golli seriyasi yakunlandi

"Manchester Siti"ning 57 o‘yindan iborat golli seriyasi yakunlandi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik mutaxassis Pep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" 58 o‘yindan so‘ng ilk bor o‘z uy stadionida raqiblar darvozasini ishg‘ol eta olmadi.

Angliya Premyer-ligasining 30-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Manchester Siti" va Londonning "Arsenal" klublari 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa, "shaharliklar"ning 57 o‘yindan iborat golli seriyasi ushbu uchrashuvda yakunlandi.

E’tiborli tomoni, ushbu seriya 754 kun davom etdi. Gvardiola shogirdlari oxirgi marta 2022 yili Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida Lissabonning "Sporting" jamoasiga (0:0) qarshi o‘yinda gol ura olmagandi.

Ayni vaqtda "Manchester Siti" 64 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Liverpul" 67 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Arsenal" 65 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

Kiritildi: 10:44, 01.04.2024.
O'qildi: 1125 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик