Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lamin "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishdi

Lamin "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma bo‘yicha kelishdi

Baho:
+ | -2

"Monako" markaziy yarim himoyachisi Lamin Kamara faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

indykaila News ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi" bilan amalga oshmay qolgan transferdan so‘ng Kamara "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Manbaning ta’kidlashicha, mersisaydliklar 22 yoshli futbolchini yanvar oyida sotib olishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda klublar bitimning so‘nggi tafsilotlarini kelishib olmoqda.

Kamara joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, senegallik yarim himoyachining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:51, 04.09.2026.
O'qildi: 2489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик