Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Tim Szyuning promouteri mijozi Isroil Madrimov bilan jangga tayyorligini ma’lum qildi

Tim Szyuning promouteri mijozi Isroil Madrimov bilan jangga tayyorligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Avstraliyalik bokschi Szyuning promouteri Timning Fundoraga qarshi jangdagi mag‘lubiyatidan keyingi rejalari haqida bo‘lishdi.

“Biz avstraliyalik sportchining eng jasoratli janglaridan birini ko‘rdik. U oxirida yaxshi ko‘ra olmagan bo‘lsa-da, kuchli raqibga qarshi 10 raund jang qildi. Avstraliyaliklar Timga to‘liq ishonadi. Bu uning faoliyati boshlanishi, xolos. Biz revansh jangini o‘tkazamiz va bunga doim tayyormiz.

U hech narsa yo‘qotmadi. U shunchaki g‘alaba qozonish uchun qanchalik uzoqqa borishga tayyorligini ko‘rsatdi.

Isroil Madrimov? U bilan Avstraliyada jang qilishga tayyormiz. Hozir u titulni qo‘lga kiritdi, shuning uchun jang Yevropada bo‘lishi ham mumkin. Ko‘ramiz.

Hozir esa asosiy maqsadimiz — Fundoraga qarshi revansh”, — deydi Jorj Ross.

Eslatib o‘tamiz, Tim Szyu Sebastyan Fundoraga qarshi jangda hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Sebastyan Szyuning WBO kamaridan tashqari ushbu vaznda vakant bo‘lib turgan WBC chempionlik kamariga ham ega chiqdi.

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:00, 01.04.2024.
O'qildi: 1643 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.