Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Og‘ir atletika. Parij Olimpiadasining 120 ta lisenziyasi uchun kurash Tailandda davom etmoqda

Og‘ir atletika. Parij Olimpiadasining 120 ta lisenziyasi uchun kurash Tailandda davom etmoqda

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolarini taqdim etadigan Jahon kubogi o‘tkazilmoqda.

Kechagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nigora Abdullayeva -55 kilogramm vaznda supachaga chiqdi.

Shiddatli va o‘ziga xos kurashlar ositida o‘tgan bellashuvlar sarhisobiga ko‘ra, Abdullayeva dast ko‘tarishda 83 kg, siltab ko‘tarishda 105 kg, ikkikurashda 188 kilogramm natija qayd etib, Jahon kubogini beshinchi o‘rinda yakunladi.

Ertaga 4 aprel sanasida Jahon kubogida mamlakatimiz og‘ir atletikachilaridan -73 kilogrammda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Doston Yoqubov va Muhammadqodir Toshtemirov kurash olib boradi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.

Shuningdek, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari reyting ochoklari o‘ynaladigan nufuzli musobaqada yurtimiz og‘ir atletikachilaridan Rigina Adashboyeva (-81) va Nigora Suvonova(-87) 9 aprelda, Sarvarbek Zafarjonov (-89) 6 aprelda, Akbar Jo‘rayev(-109), Sharofiddin Amriddinov(-109) va Tursunoy Jabborova (+87) 10 aprelda o‘tadigan musobaqalarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

Aytish lozim, Fransiya poytaxtida o‘tadigan Olimpiadada dunyoning 120 nafar og‘ir atletikachisi to‘rt yillik o‘yinlarining medallari uchun kurash olib borishi belgilangan. Bu, Parij-2024 reytingidan joy olish sportchilar uchun qanchalik mashaqqat ekanligini, har bir vazndagi kurashlar haddan tashqari murosasiz bo‘lishini anglatmoqda.

Raqamilarga e’tibor bersak, Tokio Olimpiadasida 196 nafar og‘ir atletikachi qatnashgan bo‘lsa, London-2012 va Rio-2016 o‘yinlarida og‘ir atletika uchun 260 ta o‘rin ajratilgandi.

Ishtirokchilarning o‘tgan ikki Olimpiada ko‘rinishida Parij-2024da og‘ir atletikachilar 140 nafarga qisqarganligi Olimpiada medallari uchun kurashdan avval uning ishtirokchisi bo‘lish uchun kurashlar shiddati oldingi Olimpiadalarga da’vogarlikdan ham yuqori holatda kechayotganligi ko‘rsatmoqda.

Manba: uzwf.uz
Kiritildi: 20:19, 03.04.2024.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик