Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Fevzi Davletov: «Jamoa o‘ziga kelyapti»

Fevzi Davletov: «Jamoa o‘ziga kelyapti»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 5-turida OKMKni mag‘lub etgan "Surxon" klubi bosh murabbiyi Fevzi Davletov g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Avvalgi turdagi juda qiyin uchrashuvdan keyin jismoniy va ruhiy tomondan ancha toliqish sezildi. Birinchi taym shuning uchun ancha qiyin kechdi. To‘pni nazorat qila olmadik. Biz o‘ylagan rejamiz asosida o‘ynay olmadik. Ikkinchi bo‘limda biroz taktik o‘zgarishlar qildik, futbolchilar boshqacha harakat qilishni boshlashdi. Uchinchi golni urib olganimizda osnoroq bo‘lardi.

Ketma-ket uch mag‘lubiyat futbolchilarga biroz ruhiy bosim qilayotgandi. Ammo, Namanganda ular o‘zlarini yaxshi tomonlama ko‘rsata olishdi va bu bosimdan chiqa olishdi. Oxirgi besh kunda tiklanish jarayoni yaxshi kechdi. O‘tgan turdagi o‘yindan so‘ng o‘zlariga bo‘lgan ishonchni orttirishdi. O‘ynay olishlarini ko‘rsatishdi. G‘alaba qozonmasak bo‘lmas edi.

Ulug‘bek Hoshimovning yoshlar terma jamoasiga ketgani ham bugun sezildi. Uning maydondagi harakatlari yetishmadi deyish mumkin. Jamoa o‘ziga kelayapti. O‘zlariga bo‘lgan ishonch ortdi. G‘alabamiz tasodif emas.

Potapov hali tayyor emas. Futbolchida shunday holatlar bo‘lib turadi. Unga biroz vaqt kerak. Nimeli esa hali ilk turdagi jarohatidan tuzalmadi. Yaqin kunlarda safga qaytishiga umid qilayapmiz", — dedi Davletov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 00:02, 07.04.2024.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.