Niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xagning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatidagi kelajagi so‘roq ostida. “Manchester Yunayted” xo‘jayini Jim Retkliff endi ren Xagga unchalik ishonmaydi, biroq u niderlandiyalikning kelajagini aniqlashda ishtirok etishni rejalashtirmayapti.
Manbaga ko‘ra, qarorni yangi rahbariyat jamoasi: Den Ashvart va Jeyson Uilkoks qabul qiladi.
O‘tkazilgan 31 tur natijalariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Ten Xag jamoasi hisobida 49 ochko bor.