Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

"Metallurg" O‘zbekiston kubogidagi 1 ta o‘yinni Bekobodda o‘tkazadi

"Metallurg" O‘zbekiston kubogidagi 1 ta o‘yinni Bekobodda o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Bekoboddagi stadion Superliga va Proliga klublari maydoniga qo‘yilgan talabga mos kelmagach, "Metallurg" o‘z shahrida uy o‘yinlarini qabul qila olmayapti va Superliga doirasida raqiblarini OKMK stadionida qabul qilmoqda.

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasida "Metallurg" "Neftchi", "Do‘stlik" Toshkent va "Sirdaryo FA" jamoalariga qarshi kurash olib boradi. Mana shu raqiblardan faqatgina "Sirdaryo" FA bilan uy uchrashuvida, qolgan ikki raqib bilan esa safar o‘yinlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston kubogida maydonlar bo‘yicha talab nisbatan yumshoq. Boisi unda Birinchi liga jamoalari ham o‘z omadini sinab ko‘radi. Mazkur jamoalar maydoni minimal talabga javob bersa, unda Superliga klubi ham mehmon bo‘lishi mumkin. Aks holda mezbon jamoa yo boshqa neytral stadion topadi yoki raqib maydoniga safar etadi.

Mazkur holatni inobatga olib, "Metallurg" guruh bosqichi doirasidagi yagona uy uchrashuvini Bekobodda o‘tkazish masalasida ruxsat so‘radi va Liga bu taklifni qabul qildi. 12 aprel kuni "Metallurg" Bekobod shahrida "Sirdaryo FA" jamoasini qabul qiladi. Bu bilan klub OKMK maydoni uchun to‘lanayotgan ijara summasini iqtisod qiladi, qo‘shimchasiga, OKMK maydoni 1 ta qo‘shimcha yuklamadan xalos bo‘ladi.

"Metallurg"ning Superliga doirasida Bekobodga qachon qaytishi ma’lum emas. Hammasi klubning o‘ziga bog‘liq. Mazkur masala Bekobod shahridagi stadion Liga talablariga moslab ta’mirdan chiqarilgach, qayta ko‘rib chiqiladi, deyiladi liga xabarida.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 18:51, 11.04.2024.
O'qildi: 494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.