Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining medallari haqida Siz bilgan va bilmagan faktlar

Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining medallari haqida Siz bilgan va bilmagan faktlar

Baho:
+ | -

Joriy yilning 8 fevral kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi bo‘lajak musobaqalarning medallarini taqdim qildi. Shubhasiz, o‘zgacha uslubdagi medallar dizayni ko‘p jihatlari bilan omma e’tiborini tortib kelmoqda.

Umumiy hisobda O‘yinlar uchun taxminan 5084 dona medal tayyorlanadi. Ularning vazni probasiga qarab 455-529 grammni tashkil etadi. Oltin medalning 98.8 foiz qismi kumush, 1.13 foizi esa oltin moddasidan tashkil topgan. Bronza medallari mis, rux va qalay qorishmasidan iborat. Avvalgi Olimpiadalarda bo‘lgani kabi oltin medalning ustki qatlamiga tilla suvi yuritilgan.

Xo‘sh, bu medallarning oldingilaridan farqli jihatlari ham bormi? Albatta, bor. Har bir medalning old qismida Eyfel minorasining 18 gramm temir bo‘lagi mavjud. Bu medallarning markaziy qismida aks etgan oltiburchak shaklidagi metallga joylashtirilgan. Nega endi oltiburchak degan savol ham tug‘iladi. Mezbonlar bunga Fransiyaning xaritadagi ko‘rinishi aynan ushbu shaklga o‘xshashini javob sifatida keltirishgan. An’anaviy tarzda medallarning orqa qismida birinchi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan «Panatinaikos» stadioni va yunon mifologiyasidagi Nika (G‘alaba xudosi) tasvirlangan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:07, 11.04.2024.
O'qildi: 963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик